So’nggi yangiliklar

14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  0 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  24 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2

"Liverpul" - "Milan" o'yinini yodga olaylik! Yangiliklar

"Liverpul" - "Milan" o'yinini yodga olaylik!

Barchamiz birgalikda "Liverpul" - "Milan" uchrashuvini yodga olamiz.

"Liverpul" futbolchilari xursandchiligidan Eje Dudekning ustiga o'zlarini otishgandi.

To'xtang, bir yarim soat oldin vaziyat boshqacha edi. "Liverpul" deyarli umidini uzgan holda to'pni markazdan o'yinga kiritayotgandi.

Luis Garsiya tizzasida o'tirgancha afsuslanayotgandi.

Umidlari uzilgan angliyalik muxlis.

"Milan" finalni ideal tarzda boshladi. Maldini ilk daqiqadayoq hisobni ochdi.

Tanaffusga qadar Krespo 2 gol urib, hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'ydi.

Barcha masala hal bo'ldi deb o'ylayotgandi.

Televizorni o'chirishingiz mumkindek ko'rinmoqda.

Bunday "Milan"ga qarshi kurashishning iloji yo'q.

Tanaffusda "Liverpul" muxlislari tinmasdan "You’ll Never Walk Alone" qo'shig'ini kuylashdi. Kiyim almashtirish xonasida esa nimalardir o'zgardi. Ikkinchi bo'limda esa hisob 3:3! Ular qaytishdi!

 Qo'shimcha vaqtlarda esa SHevchenkoning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Dudek qaytardi. Bu kulminacion nuqta bo'lishi mumkin edi. Vaziyatdan foydalana olmagan SHevchenko esa mana shunday reakciya ko'rsatdi:

Polshalik darvozabon esa tilini chiqargancha mag'rur turardi. Balki shu nuqtada tarixning o'zgacha qismi jonlanishni boshlagandir.

Penaltilar seriyasida afsonaviy "Milan" tor-mor etildi.

Dudekning finaldagi so'nggi seyvi jamoaga sovrin keltirdi. SHevchenkoning zarbasi golga aylanmadi.

"Liverpul" futbolchilari darvozabon tomon yugurishdi...

... va uni quchoqlab olishdi.

Dudek hali ham sakramoqda. Biroq bu safar darvoza yonida emas, tribuna atrofida g'alabani nishonlamoqda.

Paolo Maldini alamdan futbolkasini tishlamoqda.

Anchelotti Benitesni tabriklab qo'ydi.

Seriyadagi ilk penaltini ura olmagan Serjino esa "Liverpul" futbolchilarining xursandchiligini tomosha qilmoqda.

Ular afsona yaratishdi.

Milan Barosh qizil qalpog'i bilan butun stadionni aylanib chiqdi.

Sisse tribuna tomon yugurib keldi va libosini muxlislarga berib yubordi.

Tribunalarda ham odamlar shu tariqa baqirishayotgandi.

Ayrimlari esa yig'lashayotgandi.

Kuylashdi.

Va hali ham g'alabaga ishonishmayapti.

"Milan" muxlislari ham ishonishmayapti.

Ularning muxlislari ham yig'lashyapti.

Milandagi Pyacca-del-Duomo suv quygandek jim-jit bo'lib qoldi.

Birinchi bo'lim qahramoni Ernan Krespo sovrin oldidan o'tib ketdi.

Anchelotti ham medalini qabul qilib, sovrinning yonidan shu tariqa o'tdi.

"Milan" sardoridagi medal esa bo'yinda unchalik ham ko'p turmadi. Taqildi va echildi.

Evropaning eng yaxshi futbolchisi esa kerak bo'lmagan medalni taqqani ham yo'q.

"Liverpul" tarkibidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lgan Stiven Jerrard esa mana shunday hissiyotlarga berilib, intervyu berdi.

U o'zini muxlislar bag'riga otdi.

Benitesning qulog'iga nimadir dedi.

U sovringa yaqinlashdi.

Va...

Keyinchalik uni boshi uzra baland ko'tardi.

Dunyo futboli yana bir bor portladi.

Va qizil rangga burkandi.

"Liverpul" - ECHL 2004/05 mavsumi g'olibi!

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика