So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  4 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  8 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  9 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

"Liverpul" jarohatlardan aziyat chekmoqda: endi Robertson ham yo'q. Bu sakkizinchi yo'qotish Yangiliklar

"Liverpul" jarohatlardan aziyat chekmoqda: endi Robertson ham yo'q. Bu sakkizinchi yo'qotish

Barchasi jiddiy.


"Liverpul"da navbatdagi yo'qotish — jamoaga yaqin o'yinlarda himoyachi Endi Robertson yordam bera olmaydi. SHotlandiyalik "Napoli"ga qarshi dahshatli o'yinning so'nggida jarohat oldi — qo'shimcha vaqtlarda. Endilikda jarohat jiddiyligi va chap qanot himoyachining kamida ikki haftani o'tkazib yuborishi malum.


"U kamida terma jamoalar o'yinlari pauzasidan so'ng qaytadi deb o'ylayman", — xafa holda aytdi Yurgen Klopp.



Albatta, mersisaydliklarning ushbu mavsumdagi muvaffaqiyatsiz startida boshqa muammolar ham bor, ammo jarohatlar — aniq ulardan biri.


Robertson — maydonga chiqa olmaydigan "Liverpul"ning sakkizinchi o'yinchisi. SHu bilan birga, mavsum boshida natijalar bundan ham yomonroq bo'lgandi: jarohatlanganlar soni qaysidir paytda 10 nafarni tashkil etayotgandi.


"Aqlbovar qilmas hafta. Ko'p haftalar chidadim, ammo uyimizda huddi jodugar bordek tuyulmoqda. Har kuni kimdir g'alati sabablarga ko'ra safdan chiqadi", — deb aytdi Klopp.


Hozirda Robertsondan tashqari "qizillar" safida yana kim maydonga chiqa olmasligini ko'ramiz.


Aleks Oksleyd-CHemberlen — o'tgan mavsum kam maydonga chiqqan, ammo zaxiradan o'yinni kuchaytirish uchun tushiriladigan o'yinchi. U yozda ketishi mumkin edi, ammo qoldi — u qoldi — ushbu mavsum hali maydonga chiqmadi, sababi kamida oktyabr o'rtalariga qadar safdan chiqqan.



Nabi Keyta — gvineyalik Oksleyddan ko'ra muhimroq o'yinchi, garchi doim asosiy tarkibda maydonga tushirilmasa-da. Keyta yozda hech qaerga ketmadi, ammo jarohatlar unga yana o'zini ko'rsatishga imkon bermayapti: qaytish oktyabr o'rtalaridan keyin.



Jordan Xenderson — jamoa sardori ham jarohat olgan, unda son bilan muammo bor. Yarim himoyachi oktyabr boshlariga qadar maydonga qaytmaydi, qaytishning aniq muddati esa nomalum.



Ibraima Konate — himoyachining qachon qaytishi malum emas. "Liverpul" mavsum boshida u va Joel Matipsiz edi va Jo Gomes va Nataniel Fillips bilan qiynaldi (kim kuchliroq ekan nomalum). Konatening terma jamoalar o'yinlaridagi tanaffusdan so'ng mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda.



Kertis Jons — yana bir zaxiradan tushiriladigan o'yinchi, uning yo'qligi mavsum startida Klopp uchun jiddiy bosh og'rig'i bo'lgandi. SHu bilan birga, Jonsning tiklanish muddati nomalum — Kloppning takidlashicha, u allaqachon tuzalib ketganday tuyulganida bir necha bor o'zini noqulay his qilgan. Uni maydonga tushirishda albatta shoshilishmaydi.



Kuivin Kellexer — O'tgan mavsum Liga kubogida yordam bergan Alissonning o'rinbosari bo'lgan ikkinchi darvozabon mashg'ulotlarga sentyabr oyi boshida qaytishi kerak edi, ammo apdeytdan so'ng uning holati haqida malumot berilmadi va umuman qaydnomalarda ko'rinish bermadi.



Kelvin Remzi — "Aberdin"dan yozda xarid qilingan yosh himoyachi belidagi muammosi sabab to'g'ri kasalxonaga keldi. Klopp 1,5 hafta oldin Trentning raqobatdoshi asta-sekin tuzalayotganini aytdi, ammo aniq muddat yo'q.



Fabiu Karvalyu — yosh portugaliyalik allaqachon jarohatlanganlar ro'yxatida bo'lishga ulgurdi, ammo sekin-asta to'laqonli mashg'ulotlarga qaytmoqda.



Bugun "Ayaks"ga qarshi CHL doirasidagi o'yin. "CHelsi"ga qarshi bahs esa qirolicha Elizaveta II'ning o'limi sabab ko'chirildi.



Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика