"Lion" sardori golni Messi uslubida nishonlaganidan keyin muxlislar maydonga tushib ketdi + FOTO
06 noy 2017 13:56
Yangiliklar
"Lion" sardori golni Messi uslubida nishonlaganidan keyin muxlislar maydonga tushib ketdi + FOTO
Franciya chempionati 12-turi doirasidagi "Sent-Eten" - "Lion" (0:5) uchrashuvi 84 daqiqada to'xtab qoldi.
Bunga sabab, lionliklar sardori Nabil Fekir o'zining ikkinchi, jamoasining beshinchi golini kiritganidan keyin futbolkasini echib familiyasi yozilgan tomonini "Sent-Eten" muxlislariga ko'rsatdi. Yani, u golni Messi uslubida nishonladi.
Bu harakat mezbonlar muxlislariga yoqmadi va ular maydonga tushib ketishdi. Hakamlar jamoalarni kiyinish xonasiga "jo'natishdi". Uchrashuv 40 daqiqaga to'xtab qoldi.
Keyinchalik xavfsizlik xizmati xodimlari maydonni muxlislardan bo'shatishdi va bahs davom ettirildi. "Lion" bosh murabbiyi Bruno Jenezo Fekirni almashtirdi.
Nabil Fekir golni bunday tarzda "Sent-Eten" muxlislariga qarata nishonlagani mezbon tomoshabinlarga yoqmadi.
Birgina gol nishonlash yakunda jiddiy tartibsizlikni keltirib chiqardi.
O’xshash yangiliklar
19:31
SHayxlar "Sent-Jeyms Park" stadionini rekonstrukciya qilish uchun 1 mlrd funt sarmoya kiritadi 1
17:03
Evropa Ligasi yangi mavsumiga qura tashlandi: MYU "Portu" bilan, "Tottenxem" "Roma" bilan o'ynaydi 3
Fikrlar