Franciyaning nomdor jamoalaridan biri Liga 2 ga tushirib yuborildi
25 iyu 07:21
Yangiliklar
Franciyaning nomdor jamoalaridan biri Liga 2 ga tushirib yuborildi
Franciyaning mashhur klublaridan biri Lion Liga 1dan chetlatilgani rasman elon qilindi.
Kecha Franciya milliy nazorat va boshqaruv direkciyasi (DNSG) yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda “Lion“ jamoa rahbari Jon Tektsor ham ishtirok etdi. Yig'ilishda “Lion“ rahbarining taqdim etgan malumotlari ko'rib chiqildi va komissiya azolari tomonidan maqullanmaganidan so'ng jamoa quyi ligaga “badarg'a“ qilindi.
Endi “Lion“ apellyaciya berish imkoniyatiga ega. Agarda apellyaciyada ham ijobiy natija qayd etilmasa, jamoa yangi mavsumni Liga 2 musobaqasida o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, “Lion“ o'tgan mavsum Liga 1 turnirida 6-o'rinni egallab, Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Malumotlarga qaraganda, jamoani hozirda 500 million evrodan ortiq qarzi bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar