So’nggi yangiliklar

16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  2 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  4 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  13 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  1 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  0 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  8

Lingard depressiya haqida: "Og'riqdan qutulish uchun icha boshladim. Masuliyatni unutishga urindim" Yangiliklar

Lingard depressiya haqida: "Og'riqdan qutulish uchun icha boshladim. Masuliyatni unutishga urindim"

Teglar :  Jessi Lingard
"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Jessi Lingard depressiyaga tushgani haqida gapirib berdi.

"Avtopilot yoqilib qolgan insondek yashadim. Odamlar bilan muloqot qilardim, biroq malumot bir qulog'imdan kirib, ikkinchisidan chiqib ketardi. Hech narsan his qilishni xohlamasdim. Onamda depressiya bo'lgan, men ham shu muammoga duch keldim. Maydon tashqarisida hech kim muammolarim haqida bilmasdi. Ko'pchilikning fikricha, agar sen futbolchi bo'lsang va yaxshi uyda yashab, puling bo'lsa har qanday muammoni hal qilish mumkin. Ammo bunday emas. Hammamiz ham odammiz.

Qiyin bo'lgan. Uzoq davr mobaynida shu holatda edim. Futbol - hayotim mazmuni, ammo o'sha paytlarda uni o'ynashni xohlamasdim. Yashayotganimni tushunmasdim. Biroz to'xtab, shunchaki uyda bo'lishni xohladim. Og'riqdan qutulish uchun ichishni boshladim, biroq hech qachon alkogol ishqibozi bo'lmaganman. Keyin o'zimga nazar tashladim va hammasi juda yomonligini tushundim. Juda ko'p ichmasdim, bu narsahaftada bir necha marta sodir bo'lardi. Masuliyatdan qutulishni istardim. Hech kimga suyana olmasligimni bilganimdan so'ng shu yo'lga o'tganman" - deydi Lingard.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика