Levandovski Xaviga: "Siz bilan birga ishlagim kelyapti"
03 iyu 2022 14:52
Yangiliklar
Levandovski Xaviga: "Siz bilan birga ishlagim kelyapti"
"Bavariya" futbolchisi Robert Levandovski hamda "Barselona" bosh murabbiyi Xavi ayni damda Ibicada xordiq chiqarmoqda.
"As" xabariga ko'ra, ular bir necha daqiqa mobaynida do'stona suhbatlashishgan. Bu norasmiy muloqot bo'lgani uchun Levandovski va Xavi oila, dam olish haqida gaplashgan.
Xayrlashayotgan paytda Levandovski Xaviga qarab: "Siz bilan birga ishlagim kelyapti", dedi.
Oldinroq Xavining o'zi ham transfer ishlarining tezroq hal qilinishini, futbolchini 16 iyul kuni boshlanadigan AQSHdagi turnegacha tarkibda bo'lishini istayotgani borasida malumotlar tarqagandi.
Yakunlangan mavsumda polyak "Bavariya" tarkibida barcha turnirlarda 50 o'yinda qatnashib, 46 gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar