Levandovski: "Xavi Gvardiolaga o'xshaydi"
09 avg 2022 23:43
Yangiliklar
Levandovski: "Xavi Gvardiolaga o'xshaydi"
Hujumchi Robert Levandovski "Barselona"ning hozirgi va oldingi murabbiylari Xavi hamda Pep Gvardiolani solishtirdi.
"Gvardiolaning "Bavariya"dagi faoliyati, uning jamoaga qayg'urishi, boshqarishi kabi jihatlarni "Barselona"da ko'ryapman. Xavi Gvardiolaga o'xshaydi. Ularning ikkisi ham bir xil poziciyada o'ynagan va bir xil fikrlaydi.
SHu tajribasi bilan ham "Barselona" men uchun yagona variant bo'ldi. Bu men uchun yaxshi tayyorlov vazifasini o'taydi. SHartnoma imzolagunimcha Gvardiola bilan gaplashmaganman. Biroq bir kun kelib "Barselona"ga o'tish uchun u bilan "Bavariya"da yaxshi ishlaganman.
Murabbiylarning barchasi ispan edi, tarkibda 8 nafar ispaniyalik o'ynardi. O'sha paytlarda men Tyago Alkantara va Xavi Martines bilan yaxshi kelisha olganman. Ularning ikkisi ham "Barselona"ga o'tganimda tabriklab qo'ygandi", - dedi polshalik forvard.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar