Levandovski "Bavariya" mashg'ulotlariga kechikib keldi va kiyinish xonasidan oxirgi bo'lib chiqdi
13 iyu 2022 21:07
Yangiliklar
Levandovski "Bavariya" mashg'ulotlariga kechikib keldi va kiyinish xonasidan oxirgi bo'lib chiqdi
Robert Levandovski "Bavariya" mashg'ulotlariga kechikib keldi.
Myunxen klubini tark etish niyatida bo'lgan polshalik forvard jamoa bilan mashg'ulotlarni boshladi.
Robert "Bavariya" bazasiga 6 daqiqa kechikib keldi.
Futbolchi mashg'ulot uchun kiyim almashtirish xonasidan oxirgi bo'lib chiqdi.
33 yoshli hujumchi may oyidan buyon jamoani tark etish istagini ochiqchasiga bildirmoqda. Biroq "Bavariya" rahbariyati uni qo'yib yuborishni istamayapti.
"Barselona" futbolchining transferi borasida harakat qilmoqda. "Bavariya" Levandovski uchun 50-55 million evro talab qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar