Levandovski "Barselona"ning yozdagi bosh transfer maqsadi hisoblanadi
09 may 2022 17:38
Yangiliklar
Levandovski "Barselona"ning yozdagi bosh transfer maqsadi hisoblanadi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "Barselona"ning yozdagi bosh transfer maqsadi hisoblanadi.
Nemis klubi 33 yoshli futbolchini mavsumlar oralig'ida qo'yib yubormoqchi emas, o'yinchining o'zi esa faoliyatida yangi bosqich boshlamoqchi.
Levandovskini taklif qilish g'oyasini prezident Joan Laporta ham, murabbiy Xavi ham maqullamoqda. Polyakning agenti Pini Zaxavi "Bavariya"ni muzokaralarni boshlashga ko'ndirish, transferni esa 40 mln evrodan ko'p bo'lmagan mablag'ga amalga oshirish mumkin deb hisoblaydi.
Levandovskining "Bavariya" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Forvard 2021/22 yilgi mavsum myunxenliklar tarkibida 45ta o'yinda maydonga tushib, 49ta gol va 7ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar