So’nggi yangiliklar

09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  2 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  7 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  12 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0

Leonid Senkevich: “Mag'lub bo'ldik, ammo raqibdan bir bosh ustun edik“ Yangiliklar

Leonid Senkevich: “Mag'lub bo'ldik, ammo raqibdan bir bosh ustun edik“

PRO-Liga 17-turidan o'rin olgan “Yozyovon”- “Lokomotiv-BFK” (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Leonid Senkevich “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

“Bugun biz uchrashuvni to'liqligicha nazorat qildik. Uch ochko olish uchun loyiq edik. Ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Biroq yakunda ikki marta jarima zarbasidan keyingi qilgan xatolarimiz va qizil kartochka evaziga yutishimiz kerak bo'lgan o'yinda yutqazdik. Raqibdan bir bosh ustun ekanligimiz ko'rinib turgandi. So'nggi 5 daqiqada o'yinni boy berdik va muhim 3 ochkoni qo'ldan chiqardik.

Mavsum boshida biz yosh yigitlarni yig'a boshladik, ularning deyarli barchasi ikkinchi ligalarda o'ynayotgandi. O'shanda futbolchilar bir pog'ona balandga ko'tarilayotganini tushunmayotgandi. Keyinchalik ular rahbariyat va murabbiylar shtabining istaklarini tushuna boshlashdi. Ilk o'yinlarni tomosha qilishning o'zi dahshatli edi. Hozir esa “Lokomotiv-BFK“ futbolchilari chiroyli o'yin ko'rsatishmoqda.

Eng yosh darvozabonlar aynan bizda bo'lsa kerak. Ularni “Lokomotiv-BFK“da ancha vaqtdan buyon ishlayotgan, sobiq professional futbolchi Anton Devyashov tayyorlab bormoqda. Jamoadagi futbolchilardan tortib direktor, doktorlar, umuman olganda barcha bir maqsad yo'lida birlashgan. Bizda yaxshi kollektiv yig'ilgan. Mana o'yin yakunlandi, bizdan hech kim bir-biriga baqirmaydi, urushmaydi, o'tirishadi va qay tariqa mag'lub bo'lganini o'ylaydi. Barchasi yaxshi bo'ladi, yigitlarning o'yini ko'z oldimizda o'smoqda.

“A“ va “B“ zonadagilar bir mintaqada o'ynashini, barcha bir tomonda birlashishini istayman. SHunda biz “Andijon“, “Surxon“, “Istiqlol“ kabi jamoalar bilan o'ynardik. Yigitlarda ham anchagina o'sish bo'lardi. Pro-liga jamoalari tarkibida terma jamoalarda o'ynagan yaxshi saviyali futbolchilar bor. Bu esa tomoshabinlar sonini ham ko'paytirardi.

Kecha Sergey Lebedev bilan uchrashib oldik, ularga rahmat aytaman, bizga mashg'ulotlar uchun yaxshigina maydon taqdim etishdi. Mana shunday ishlar ham futbolchilar yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatishi uchun omil bo'ladi“, - dedi Senkevich.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика