So’nggi yangiliklar

11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  1 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  0 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  6 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  5 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9

LegionerUz. Qatarda o'zbekistonlik futbolchilar uchun og'ir kun. Umumiy hisob - 0:8 Yangiliklar

LegionerUz. Qatarda o'zbekistonlik futbolchilar uchun og'ir kun. Umumiy hisob - 0:8

Qatar Yulduzlar Ligasining 20-turi o'zbekistonlik futbolchilar uchun omadsiz keldi. Mavsum yakuniga etib borgani sayin, omadsizliklar ko'niktirib ulgurdi.

“Al-Garafa” klubi nima qilib bo'lsa-da kuchli to'rtlikka ilinishni maqsad qilgandi. Kechagi o'yindan keyin jamoa bunga erishishni ham boshladi. Temurxo'ja Abduxoliqov to'p suradigan “As-Sayliya” mehmoni bo'lgan “Garafa” yirik g'alabaga erishdi. Tarkibning eng mashhur futbolchisi Uesli Snayder dublga erishdi, yana 1 ta gol forslar hujumchisi Taremiy hisobiga yozildi.

“As-Sayliya” bosh murabbiyi Abduxoliqovni 64-daqiqada almashtirdi va uning o'rniga braziliyalik Vagner Ribeyroni maydonga tushirdi. Biroq bu ham ish bermadi. 

Al-Sailiya

Qatar Stars League . 20-tur

09/03/2018, 20:00

3
:
0
Tugadi

Al-Gharafa

45'
90'

Sanjar Tursunov harakat qiladigan “Al-Haraytiyat” klubi esa yanada sharmandali hisobda mag'lub bo'ldi — 0:5. Hafta boshida Toshkentning “Lokomotiv” klubini 3:2 hisobida taslim qilgan peshqadam “Al-Duhayl”, autsayder raqibiga imkon qoldirmadi va poytaxtimizga xush kayfiyatda keladigan bo'ldi. “Lokomotiv” esa Superliganing 2-turida ochko yo'qotdi.

Tursunov maydonda 67 daqiqa harakat qildi va o'z o'rnini bo'shatib berdi. U 24-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi ham.

Al-Khuraitiat

Qatar Stars League . 20-tur

09/03/2018, 22:10

5
:
0
Tugadi

Al-Duhail SC

45'
90'

Championat.asia statistikasi

Yana 2 tagina turdan keyin Qatar Yulduzlar Ligasida mavsum o'z yakuniga etadi. SHuningdek, Tursunov hamda Temurxo'ja Abduxoliqovning o'z jamoalari bilan shartnomalari tugaydi. Sizningcha ular faoliyatini Qatarda davom ettirgani yaxshimi?

Muallif :
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика