So’nggi yangiliklar

11:12Расман: Шахзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  1 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  0 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  5 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  5 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9

LegionerUz. Fozil Musaev Jey Liganing 3-turiga kelib mavsumdagi debyut golini urishga erishdi Yangiliklar

LegionerUz. Fozil Musaev Jey Liganing 3-turiga kelib mavsumdagi debyut golini urishga erishdi

“Jubilo Ivata” uchun mavsum o'ta omadsiz boshlandi: ketma-ket 3 ta mag'lubiyat.

CHempionat doirasida avvaliga “Kavasaki Frontale” 3:0 hisobida yutuqqa erishdi, keyin esa “Nagoya Grampus” ivataliklarni minimal hisobda mag'lub etdi. Etmaganiga, Fozil Musaev jamoadoshlari Yaponiya Kubogi uchun o'yinda “SHimizu”dan ham engildi — 0:1.

Tabiiyki, Musaevning kayfiyati ham shunga yarasha edi. So'nggi bor u bilan gaplashganimizda jamoa nega o'ziga kela olmayotganini tushunmayotgani haqida gapirdi. Bugun esa Fozil mutlaqo boshqacha kayfiyatda. CHunki...

... chunki Jey Liganing bugun bo'lib o'tgan 3-turiga kelibgina “Jubilo Ivata” dastlabki g'alabasiga erishdi. “Tokio”ni qabul qilgan Ivata klubi 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Bosh murabbiy Xiroshi Nanami o'zbekistonlik legionerni bu safar zaxirada qoldirdi. 52-daqiqada braziliyalik legioner mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 83-daqiqaga kelib esa Fozil Musaev maydonda ko'rinish berdi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan gol aynan Musaev tomonidan 89-daqiqada kiritildi. 

Jubilo Iwata

Adailton - 52', Fozil Musayev - 89'

J. League . 3-tur

10/03/2018, 11:00

0
:
2
Tugadi

FC Tokyo

45'
90'
38'  Ryo Shinzato
52'  Adailton
52'  Shunsuke Nakamura
80'  Shunsuke Nakamura (Hiroki Yamada)
83'  Rikiya Uehara (Fozil Musayev)
89'  Fozil Musayev
89'  Adailton
90'  Adailton (Masaya Matsumoto)
50'  Diego Oliveira
65'  Diego Oliveira (Kensuke Nagai)
76'  Kotaro Omori (Kento Hashimoto)
82'  Takuji Yonemoto (Takefusa Kubo)

“O'yindan oldin murabbiy bugun zaxirada qolishim haqida aytdi, hafa bo'lma deb qo'shimcha qildi. Menimcha, ketma-ket mag'lubiyatli o'yinlardan keyin u 2-3 futbolchini almashtirib ko'rishga qaror qilgandi. Uchrashuv yakuniga 15 daqiqa qolganida u meni chaqirdi va maydondagi vazifam nimadan iborat ekanini tushuntirdi. Maydonda 10 daqiqa harakat qildim va gol urishga erishdim. Endi yanada ko'proq ishlashda davom etamiz”, — dedi Musaev.

Ko'rinishidan, murabbiyning qarori o'zini oqlagan. 2-turda u Musaevni 66-daqiqada almashtirgandi, kubok o'yinida esa 79 daqiqa imkoniyat bergandi. Ishonamizki, Musaev kelgusi turdan boshlab yana boshlang'ich tarkibda ko'rinish beradi. SHunchaki futbolchi ruhan o'ziga kelib olishi uchun ham bugun zaxirada qolgandi.

Championat.asia statistikasi

Musaev O'zbekiston milliy termasi ixtiyoriga kelguniga qadar yana 2 ta o'yin o'tkazadi. 14 mart kuni uning jamoasi “Konsadole Sapporo” bilan kubok doirasida, 18-mart kuni esa “Sanfrechche Xirosima” bilan chempionat doirasida o'ynaydi. Demak, Musaev milliy termaga yaxshi formada etib kelish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Muallif :
Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика