So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

LegionerUz. 35 yoshli Server Jeparov Eron chempionatida mavsumdagi to'rtinchi golini urdi Yangiliklar

LegionerUz. 35 yoshli Server Jeparov Eron chempionatida mavsumdagi to'rtinchi golini urdi

Server Jeparov butsasini mixga osib ulgurmagan. U Tehronning “Istiqlol” klubida 35 yoshida ham asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.

La Ligada Aric Aduric, APLda Jermeyn Defo kabi futbolchilarda kuzatilgani kabi, Jeparov ham o'z klubida jamoadoshlari bilan bemalol raqobatlasha oladi.  
 Kecha “Istiqlol” Eron chempionatining 21-turida “Pars Janubi Jam” klubini qabul qilib, raqibi postiga javobsiz 4 ta gol urdi. Gol urishni Jeparov pochin qilib berdi. 6-daqiqada o'zbekistonlik futbolchining penaltidan bergan zarbasi aniq chiqdi. 

Esteghlal

Server Djeparov - 6', Behnam Barzayi - 32', Ali Ghorbani - 48', Ali Ghorbani - 66'

Persian Gulf Pro League . 21-tur

25/01/2018, 17:00

0
:
4
Tugadi

Pars Jonoubi Jam

45'
90'
6'  Server Djeparov
32'  Behnam Barzayi
48'  Ali Ghorbani
66'  Ali Ghorbani
21'  Ruhollah Seifollahi

Biroq Server 38-daqiqaga keliboq almashtirilgan. Bu vaqtda hisob tehronliklar foydasiga 2:0 bo'lib turgandi. Bunda Jeparov jarohat olganmidi yoki buning boshqa bir sababi bormi, biroz keyinroq oydinlik kiritamiz.

Bungacha “Pars Janubi Jam” turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turgani inobatga olinsa, “Istiqlol”ning g'alabasi ancha salmoqli ekanini ko'rish mumkin. Tomonlarning 1-davra o'yinida “Istiqlol” 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan, Jeparov esa 90 daqiqa to'liq harakat qilgandi. O'sha vaqtda jamoani eronlik Alirizo Mansuriyon boshqarardi.

“Istiqlol” chempionatning ketma-ket 11 ta o'yinida mag'lub bo'lmadi: 6 ta g'alaba va 5 ta durang. Bu germaniyalik Vinfrid SHeferning tashrifidan keyin kuzatildi. Bungacha “Borussiya M”, “SHtutgart” kabi klublarga boshqargan SHefer, o'z vaqtida Kamerun, Tailand va Yamayka termalariga, shuningdek, Amirliklarning “Al-Ahli”, “Al-Ayn”, Ozabayjonning “Boku” klublariga ustozlik qilgandi. SHefer Server Jeparovni zaxiraga loyiq ko'rmadi va unga asosiy tarkibda ishonch bildirdi.

Championat.asia statistikasi

Server ishonchni qanchalik oqlayotganini quyidagi statistika ham ko'rsatib turibdi. 4 ta gol va 2 ta golli uzatma. Daqiqalardan ko'rinib turibdiki, “Istiqlol”da Serverdan maksimal tarzda foydalanishmoqda.

“Istiqlol” o'zining navbatdagi o'yinini 30 yanvar kuni “Sanat Naft” klubiga qarshi o'tkazadi. SHundan keyingina Jeparov va jamoadoshlari Osiyo CHempionlar Ligasining guruh bosqichi haqida o'ylaydi.

Muallif :
Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика