So’nggi yangiliklar

23:10Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" (матнли трансляция)  12 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  4 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

"Legionerlar qayta olishmasa mahalliy futbolchilarga foyda bo'ladi". SHohruz Norxonov bilan intervyu Yangiliklar

"Legionerlar qayta olishmasa mahalliy futbolchilarga foyda bo'ladi". SHohruz Norxonov bilan intervyu

Bugun Respublika maxsus komissiyasi axborotida O'zbekiston professional futbol klublari mashg'ulotlari hamda futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati, Superliga o'yinlarini muxlislarsiz o'tkazish uchun ruxsat berildi.

SHu munosabat bilan "So'g'diyona" jamoasi hujumchisi SHohruz Norxonov bilan karantindan keyingi futbolga qaytishga oid fikrlari bilan qiziqdik.

- SHoxruz aka, uzoq tanaffusdan so'ng O'zbekistonda futbol qaytish arafasida. Futbolchilarning sport formasini tilab olishlariga qancha vaqt etadi?
- Hamma kutayotgan xabar chiqdi. Albatta bundan juda xursandmiz, lekin gigiena qoidalariga rioya qilgan holda ishlash zarur. Futbolchilar o'z formalarini tiklab olishiga 2 hafta etadi deb o'ylayman.

- Legionerlar qaerda? Agar vatanlariga ketishgan bo'lishsa qachon qaytishadi?

- Legionerlarimizning aksariyati klub bilan birga. Uyiga qaytib ketgan legionerlar agar O'zbekistonga qayta olishmasa bu mahalliy futbolchilarga foyda bo'ladi deb o'ylayman.

- Yangi qoidalarda o'yin davomida besh futbolchini almashtirilish mumkin deya belgilandi. Ushbu holatga munosabatingiz qanday?

- 5 nafar futbolchini almashtirish foydali bo'ladi deb o'ylayman. SHu orqali futbolchilarning jarohat olishini oldini olishi mumkin.

- "So'g'diyona" jamoasi ayni vaqtda 3-turdan so'ng 1 ochko bilan turnir jadvalida 13-pog'onada...

- Haqiqatan ham 13-o'rinda bo'lganimiz yomon holat. Bu faqat hozircha, oldinda o'yinlar ko'p. Albatta keyinchalik jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashadi.

Og'abek Samisov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика