So’nggi yangiliklar

16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  0 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  5 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  3 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  1 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  5 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  4 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  5

Legionerlar. Bugun SHomurodov, G'aniev, Abdixoliqov jamoalari o'ynaydi Yangiliklar

Legionerlar. Bugun SHomurodov, G'aniev, Abdixoliqov jamoalari o'ynaydi

Bugun, 13 may kuni bir netcha o'zbekistonlik futbolchilar o'z klublari safida maydonga tushishadi.

Koreya

Koreya K-Liga 13-turida "Kanvon" "Suvon Blyuuings"ni qabul qiladi. Ikrom Aliboev jamoasi ayni paytda 11-o'rinda borayotgan bo'lsa, raqib 12-o'rinda. Xavfli zona jamoalari o'rtasidagi to'qnashuv 15:00 da boshlanadi.


BAA

Aziz G'anievning "SHabab Al Ahli" klubi BAA Birinchi divizioni 26-turida "Ajman" bilan bellashadi. Muddatidan oldin chempionlikka erishgan "SHabab Al Ahli"ning o'yini Toshkent vaqti bilan 20:35 ga belgilangan.


Qozog'iston 

Bobir Abdixoliqov va SHahboz Umarovning "Ordabasi" jamoasi Qozog'iston Premer-ligasi 9-turida "Maqtaraal" mehmoni bo'ladi. Mazkur uchrashuv 20:00 da start oladi. Ayni paytda "Ordabasi" 3-o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Maqtaraal" oxirgi o'ringa joylashgan.


Belarus 

Abduqodir Husanov hamda Amirbek Bakaevning "Energetik-BGU" jamoasi 8-tur doirasida "Minsk"ka qarshi bahs yuritadi. Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.

SHahzod Ubaydullaevning "SHaxtyor" Soligorsk klubi esa "Dinamo-Brest" bilan o'ynaydi. Bahs 23:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.


Rossiya

Husayn Norchaev o'ynaydigan "Alaniya" klubi MFL 31-turida "Krasnodar-2" bilan ro'baro' keladi. "Alaniya" hozir 3-o'rinda bormoqda, raqib esa so'nggi pog'onadan joy olgan. Bahs 17:00 da start oladi.

Vagiz Galiullinning "Nefteximik" jamoasi o'z uyida "Rodina"ni qabul qiladi. Bellashuv 19:30 da boshlanadi. 

Rustam Ashurmatov hamda Umarali Rahmonalievning "Rubin" klubi "Akron" bilan to'qnash keladi. Bahs 20:00 ga belgilangan.

Hojimat Erkinovning "Torpedo" jamoasi RPL 27-turida "CSKA"ga raqiblik qiladi. Uchrashuv boshlanish vaqti – 21:00.


Italiya

Eldor SHomurodov to'p tepadigan "Speciya" klubi o'z maydonida "Milan"ni qabul qiladi. Ayni paytda mezbonlar 18, mehmonlar esa 5-o'rinda borishyapti. Mazkur uchrashuv 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика