So’nggi yangiliklar

13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  0 12:49Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими?  2 12:26Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  1 11:58"Реал" кутилмаган трансферга тайёрланмоқда  5 11:20Ўйин давомида биттагина зарба. У "Сити" "Арсенал"дан 9 очко ортда қолиб кетишига етарли бўлди  1 10:55"Барселона" президентлигига қайта сайланган Лапорта нималар деди?  1 10:27Африка қитъасида дунёдаги энг катта стадион қурилмоқда  5 09:50МЮ раҳбари Майкл Кэррикни доимий бош мураббий қилмоқчи эмас  15 09:21Расман. Бразилиялик футболчи "Каттақўрғон" аъзоси  2 08:52"Сурхон"ни янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  2 08:23Исломбек Исмоилов тарихга кирди  8 07:54"Барселона" президентлик сайловлари натижаларини эълон қилди  10 07:30"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди  64 02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  6 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  9

Legionerga aylangan Ahror O'ktamov: "O'zimga ishonmaganimda bu erga kelmasdim. Kun kelib "Andijon" uchun ham o'ynayman" Yangiliklar

Legionerga aylangan Ahror O'ktamov: "O'zimga ishonmaganimda bu erga kelmasdim. Kun kelib "Andijon" uchun ham o'ynayman"

Bir necha soat oldin saytimizda andijonlik futbolchi Ahror O'ktamovning legionerga aylangani haqida malum qilgan edik.

Championat.asia muxbiri ayni paytda Xitoy Taypeyida bo'lib turgan futbolchi bilan bilan bog'landi va bir nechta savollar bilan yuzlandi. 


- "Tainan Siti" klubiga o'tishingiz qanday yuz berdi?

- Barchasi agentlar orqali hal bo'ldi. Koreyalik agentim Xitoy Taypeyi klubidan taklif borligini aytdi. Yangi chempionatda o'z imkoniyatlarimni sinab ko'rish istagi yo'q emasdi. Legioner sifatida to'p tepishning o'ziga yarasha qiyinchiliklari borligidan xabardorman. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi, deb o'ylayman. Jamoam bilan yuksak marralarni ko'zlamoqdaman. 

- "Tainan Siti" chorlovi qanchalik sirli va jumboqli bo'ldi siz uchun? Yangi klubingizni o'rganyapsizmi?

- Bu chempionat qiziq tuyuldi. Xudoga tavakkal qilib keldim. Qarorimdan afsuslanmayman, deb o'ylayman. Har tomonlama o'ylab ko'rib taklifga rozilik bildirdim. 

- Andijonlik futbolchi hisoblanasiz. Qiziq nima uchun viloyat bosh jamoasi tarkibida o'rningizni topa olmagansiz?

- 2017 yilgacha "Andijon" jamoasi o'rinbosarlari safida. Keyingi yillarda Pro ligada to'p tepdik. Superligada o'ynash imkoniyati bo'lmadi hali. Bu yil klub rahbarlari taklif qilishgandi. Lekin o'tgan yili Tojikiston chempionatining so'nggi turlarida jiddiy jarohat oldim. Bir haftaga yaqin "Andijon" jamoasining mashg'ulotlarida ishtirok etdim. Yig'inda jarohatim qaytalandi. SHu bois jamoadan ketishga qaror qildim. Kun kelib "Andijon" uchun ham o'ynayman. 



- Taypeyliklar safida rossiyalik, braziliyalik legionerlar to'p tepadi. Raqobatni qanday engib o'tmoqchisiz?

- Bilasizmi, inson doim o'z kuchiga ishonishi kerak. O'zimga ishonganim uchun ham bu erga keldim. Raqobatdan qo'rqqanimda boshqa sohani tanlardim. 

- Klubning qaysi jihati sizni qiziqtira oldi?

- "Tainan Siti" o'ziga yarasha tarixga ega. Jamoa mamlakat chempioni, OFK kubogida ishtirok etadi. Xalqaro maydonda o'ynashini hisobga oldim. 

- SHartnomangiz qancha muddatga mo'ljallangan?

- Bunga kelsak, 6 oyga tuzdik. Mana shu vaqt ichida o'zimdan yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilaman. Klub uy, moddiy taminot bilan taminlamoqda. Pandemiya sabab hozirda 10 kunlik karantin muddatidaman. 



- Nima uchun aynan 6 oylik shartnoma tuzdingiz?

- Buni o'zim istadim. Yangi jamoa, boshqacha muhit. Begona shahar. Moslashib olishim lozim. SHu omillar inobatga olindi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика