Lebedev “Istiqlol”ga shogirdlarini chorlamoqda
07 iyu 2018 11:22
Yangiliklar
Lebedev “Istiqlol”ga shogirdlarini chorlamoqda
Farg'onaning “Istiqlol” jamoasi kuni-kecha o'z qarorgohidagi dastlabki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini yakunladi.
Endi jamoa azolari rejaga ko'ra Issiqko'lda yig'in o'tkazadi.
Bosh murabbiy Sergey Lebedev tarkibni kuchaytirishga urinmoqda. “Andijon” jamoasidan ijaraga olingan markaziy himoyachi Qahramon Mahamadjonov jamoa bilan xayrlashdi.
Tarkibga esa “Neftchi”ning sobiq futbolchilari – Javohir Rasulov bilan Umid Qodirov kelib qo'shilgan. Rasulov joriy mavsumning birinchi qismini davolanish bilan o'tkazgan bo'lsa, Qodirov “Iftixor”da malum muddat faoliyat yuritib, keyinchalik jamoani tark etgandi. Malumot uchun, ushbu futbolchilar ilgari “Neftchi”da Lebedevni qo'li-ostida o'ynagandi.
Fikrlar