Laporta: "Xavi hammasini uddalayapti. U "Barselona"ni qiyin damda qabul qilib olgandi"
07 fev 2023 14:03
Yangiliklar
Laporta: "Xavi hammasini uddalayapti. U "Barselona"ni qiyin damda qabul qilib olgandi"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning 2022/23 yilgi mavsumdagi muvaffaqiyati haqida gapirdi.
"Biz yaxshi ishlayapmiz va mavsum boshida biz turnir o'rtalariga kelib 53 ochko bilan 2-o'rindan 8 ochkoga ortda qolgan holda birinchi bo'lishga imzo chekkan bo'lardik. Lekin haqiqat shundaki, hali oldimizda qilinadigan ishlar ko'p, yanada ko'proq fidoyilik va qatiyat ko'rsatishimiz kerak.
Xavi yaxshi uddalayapti – u qiyin paytda jamoani qabul qilib oldi va mo'jizaviy tarzda futbolchilarni bir g'oya ostida birlashtirdi. Asosiysi – fidoyilik va jamoaviy ruh", – dedi Laporta.
"Barselona" La Liganing 20-turidan so'ng "Real"dan 8 ochkoga o'zib ketib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar