So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  4 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

Franciya chempionati. Husanov to'liq o'ynagan bahsda "Lans" ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

Franciya chempionati. Husanov to'liq o'ynagan bahsda "Lans" ishonchli g'alabaga erishdi

Teglar :  "Reyms""Lans"
"Lans" hamda "Reyms" o'rtasida o'tkaziladigan Liga 1ning 16-tur bahsi yakunlandi.

"Lans" - "Reyms" 2:0

Gollar: 1:0 – 43 Said, 2:0 – 75 Kortes.

Lans – Samba, Agilyar, Aydara, Danzo, Abduqodir Husanov, Frankovski (Mauassa, 88), Tomasson (Kortes, 65), Fyuljeni (David Koshta, 65), Abdul-Samed (Diuf, 90), El-Enaui, Said (Gilavogi, 65).

Reyms – Diuf, Agbadu (Diakite, 85), Abdelxamid, Okumu, de Smet, Teuma, Matusiva (Atangana Edoa, 85), Xadra (Richardson, 78), Ito, Darami (Diakite, 78), Nakamura (Salama, 68).

Ogohlantirish: Matusiva (21).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90+4. Husanov raqib futbolchisiga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi. Standart vaziyat esa zarba bilan yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

85. "Reyms" tarkibida ikki o'zgarish yuz berdi.

81. Mezbonlarda standart yuzaga keldi. Jarimadan oshirilgan to'pni Abdulhamid qaytardi.

79. Kortes qarshi hujumda raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq unga tezlik etishmadi.

75. GOL! Zaxiradan maydonga tushgan Kortes jamoadoshi Agilyarning uzatmasini bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ydi! 2:0!

68. Husanovni dog'da qoldirolmagan Nakamura oxir-oqibat zaxiraga olindi.

65. "Lans" tarkibida birato'la uch o'zgarish yuz berdi. Husanov maydonda qoldi.

62. Husanovning say-harakatlari natijasida to'p Nakamuraning oyog'idan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

59. Saidning chap oyoqda pastki burchak tomon yo'llagan zarbasi raqib himoyachisining oyog'iga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

58. Itoning chap oyoda yo'llagan zarbasini "Lans" posboni egallab oldi.

56. Hamyurtimiz chap qanotda Teumaning o'tib ketishiga yo'l qo'yib berdi, biroq keyinchalik aynan o'zi vaziyatni bartaraf etdi.

54. Husanovning "Reyms" futbolchilarining o'ng qanotdan markaz tomon uzatgan to'pini qaytarib yubordi.

52. "Reyms" burchak to'pi ishlab oldi. Uzatma zarbaga aylanib ketdi. Abdulhamidning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi.

48. Husanov Nakamuraning navbatdagi zarbasi yo'liga ham to'g'anoq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Ilk hujum Teumaning xavfli zarbasi bilan yakunlandi. Mezbonlar baxtiga zarba yo'nalishi noaniq ko'rinish oldi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha "Lans" 1:0 hisobida oldinda bormoqda. Albatta, Husanovning asosiy tarkib futbolchisi sifatida Franciyada ekanligini haminqadar his qilib turibman. Derazadan olisga qiyo boqsam, uzoqda porlayotgan minora Eyfel kabi tovlanmoqda. Ushbu minoraning jozibador ko'rinishiga yana bir sabab — yon-atrofdagi binolarda chiroq o'chgan.

45+3. Husanov yaponiyalik raqibining o'zib ketishiga yo'l qo'ymadi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. GOL! Uesli Said "Reyms" himoyachisining qo'pol xatosidan unumli foydalanib, bo'sh darvozani ishg'ol qildi!

42. Husanov "Lans" posboniga yordamga kelishi natijasida mezbonlarning xavfli hujumi bartaraf etildi. Aks holda, Nakamura raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda hisobni ochishi mumkin edi.

41. Husanov burchakdan uzatilgan to'pga zarba yo'lladi, ammo unga biroz aniqlik etishmadi.

38. Mezbonlarning standarti Saidning zarbasi bilan yakunlandi, ammon noaniq.

37. Fyuljeniga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

29. Husanov raqib futbolchisining oldinga qarab uzatgan to'pini maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

25. ZARBA! Nakamuraning olisdan yo'llagan zarbasi mezbon ishqibozlarni bir muddat Valerianka qidirishga majbur etdi.

21. Matusiva raqib oyog'ini to'p deb tasavvur qilib yuborgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

18. GOL! Darami "Lans" darvozasini ishg'ol qildi, biroq hakam o'yindan tashqari holat deb elon qildi.

16. Zarba! Nakamuraning zarbasini "Lans" posboni qiyinchilik bilan qatyradi. Husanov raqib zarbasini to'sishga harakat qildi, ammo biroz kechikdi.

13. "Lans" futbolchisi to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi, aks holda raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi. Aksiga olib, u ofsaydda qolgan ekan.

9. Husanov maydon markazida raqibiga qarshilik qilishga urinib ko'rdi. O'ng qanotdan boshlangan "Reyms" hujumi qo'pollik bilan to'xtatildi.

7. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning o'ng qanotdan uzatgan to'pini "Reyms" posboni va himoyachisi qaytarib yubordi. SHu daqiqaning o'zida mehmonlar qarshi hujumda burchak to'pi ishlab olishdi.

2. Mezbonlar darvozasi yaqinida standart vaziyat yuzaga keldi. Jarima uzatmasidan so'ng Husanov Ronalduning ikkinchi qavatdagi xatti-harakatlari videolarini ko'p marotaba tomosha qilganinin himoyada isbotladi.

1. Uchrashuv boshlandi! O'ylaymanki, o'yin so'ngiga qadar ekran ortidagi tomoshabinlar orasida faqat o'zim qolib ketmayman.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Mezbonlar qizil-sariq, mehmonlar qora-ko'k liboslarda harakat qiladi.


"Lans"ning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика