LaLiganing ushbu mavsumidagi eng yaxshi to'purari va assistenti aniqlandi
23 may 2021 10:33
Yangiliklar
LaLiganing ushbu mavsumidagi eng yaxshi to'purari va assistenti aniqlandi
"Barselona" sardori Leo Messi LaLigada to'purar bo'ldi.
Ushbu mavsumda argentinalik futbolchi 25 o'yinda 30 gol urdi. Ikkinchi o'rinni 23tadan gol urgan Karim Benzema hamda Jerar Moreno bo'lishib turibdi. Uchinchi o'rinda "Atletiko" forvardi Luis Suares - 21 gol.
Ushbu mavsumning eng yaxshi assistenti sifatida "Selta" futbolchisi Yago Aspas qayd etildi. Uning hisobida 13 golli pas bor. Ikkinchi o'rinni "Atletiko" forvardi Markos Lorente (11) egallagan. Yannik-Ferreyra Karrasko va Toni Kroos 10tadan assist qayd etib, uchinchi o'rinni egallab turibdi.
LaLiga bugun bo'lib o'tadigan"Granada" - "Xetafe" va "Sevilya" - "Alaves" uchrashuvlaridan keyin yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar