So’nggi yangiliklar

20:22Гвардиола: "Ман Сити" "Реал"дек бўлишини хоҳлайман!"  0 20:00Суперлига. "Қизилқум" – ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  1 19:40Сенегал ҳукуматидан КАФга оғир айблов: "Улар коррупцияга ботган, кубокни Марокашга беришлари — адолатсизлик!"  0 19:15Суперлига. "Хоразм" – "Бунёдкор" 0:2 (матнли трансляция)  3 19:15Суперлига. "Қўқон-1912" – "Навбаҳор" 1:1 (матнли трансляция)  14 17:54"Келиб олиб кетинглар!" Ниакате чемпионлик Марокашга олиб берилганидан даҳшатда  1 17:44Даҳшатли талаб! "Атлетико"нинг 55 минг мухлиси финалга бормоқчи, аммо чипталар етмайди  2 17:31"Реал"да катта хавотир: Куртуа "Атлетико"га қарши супердербини ўтказиб юборадими?  3 17:20Расман: Кудряшов жамоадан кетди. "Сурхон"ни вақтинча Анвар Ғофуров бошқаради   1 17:03Энрике "Челси"ни тор-мор этгач лол қолдирди: "Бизнинг иккита голимиз ўйин тақдирини ҳал қилиб бўлганди!"  1 16:55Ўзбекистон Жаҳон чемпионати арафасида Европанинг топ терма жамоасига қарши ўйнаши мумкин  17 16:46Котрина Кулбите: "Тарих яратишга бир қадам қолди"   2 16:26Дик Адвокат "Фейеноорд"да Робин ван Персига маслаҳатчи бўлади  1 16:21Гвардиола "Реал"ни "Манчестер Сити"нинг энг қийин рақиби деб ҳисобламайди  11 15:20Жалолиддин Машарипов: "Узоғи билан 1 ойда умумий гуруҳга қайтаман"  5

LaLiga. "Real Madrid" mehmonda "Selta"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi Yangiliklar

LaLiga. "Real Madrid" mehmonda "Selta"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi

LaLiganing 27-turi doirasidagi "Selta" - "Real" bahsi yakunlandi.

LaLiga. "Selta" - "Real Madrid" 1:2

Gollar: 11 - Orelen Chuameni, 25 - Borxa Iglesias, 90+4 - Federiko Valverde

"Selta": 13. Yonuc Radu, 32. Xavi Rodriges, 3. Oskar Mingesa (10. Yago Aspas, 83'), 5. Serxio Karreyra, 2. Karl Starfelt, 20. Markos Alonso, 16. Migel Roman, 6. Ilash Moriba (15. Matias Vesino, 90+1), 19. Uillot Svedberg (8. Fer Lopes, 70'), 9. Ferran Jutgla (23. Ugo Alvares, 70'), 7. Borxa Iglesias (39. Jons El-Abdellaui, 70').

Zaxira: 1. Ivan Vilyar, 24. Karlos Dominges, 12. Manu Fernandes, 17. Xavi Rueda, 4. Jozef Aydu, 14. Alvaro Nunes, 22. Ugo Sotelo.

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 12. Trent Aleksander-Arnold, 22. Antonio Ryudiger, 14. Orelen Chuameni, 23. Ferlan Mendi, 17. Raul Asensio, 45. Tyago Pitarch (37. Manuel Moran, 90'), 8. Federiko Valverde, 15. Arda Gyuler (38. Sesar Palasios, 65'), 7. Vinisius Junior, 21. Braim Dias (16. Gonsalo Garsiya, 77').

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 43. Serxio Mestre, 2. Daniel Karvaxal, 20. Fransisko Garsiya, 27. Diego Aguado, 28. Xorxe Sestero, 48. Lamini Fati.

Ogohlantirishlar: 31 - Borxa Iglesias, 86 - Orelen Chuameni, 90 - Raul Asensio


90+6. O'yin yakunlandi!

90+5. Bosh hakam VARni tingladi, gol va ungacha bo'lgan vaziyatda hech qanday o'yin qoidasi buzilmagani malum bo'ldi.

90+4. GOL! Valverde hisobni oshirdi! Fedening uzoqdan tepgan to'pi rekoshetga uchrab darvozaga kirdi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. Aspasdan zarba!!! Yagoning tepgan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytdi...

83. "Selta" himoyachini zaxiraga olib, hujumni maydonga tushirdi. 

79. Pitarchning zarbasini "Selta" futbolchisi to'sib qolib, qaytardi.

77. "Real" safidagi ikki etakchilardan biri - Dias va Gyuler zaxiraga olindi. Qiziq, Arbeloa, qiziq.

72. Penalti berilmadi, o'yin davom etadi. Bundan avval Sesar raqib futbolchisini itarib yuborgan ekan. 

71. Qiziq, ehtimoliy penalti VAR orqali ko'rilmoqda. Jutgla o'yin qoidasini buzgan bo'lishi mumkin. Qizig'i u bir daqiqa avval zaxiraga olindi. Burchakdan to'p uzatilayotganda qo'li bilan to'pni urib yubordi.

69. Fede Valverde uzoqdan tepib ko'rdi, biroq noaniq.

68. Bu safar zarba Palasiosdan bo'ldi. Sesarning tepgan to'pi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

67. Vinisiusning uzoq masofadan tepgan to'pini Radu ushlab oldi.

64. Pitarchdan zarba, to'p yo'ldagi himoyachilardan biriga tegib qaytdi...

61. Valverdening uzatmasiga Braim Dias etib bora olmadi. 

60. "Sela" futbolchisidan zarba! Ammo to'pni Kurtua ushlab oldi...

55. Takidlash lozim, bugun madridliklar chap qanotdan hujum uyushtirish soni km. Asosiy vaziyatlar o'ng qanotdan bo'lmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli zarba! Svedbergning jarima maydonchasi ichidan tepgan to'pini Kurtua qaytardi! Dahshat vaziyat, super seyv!

43. Tezlik yuqori emas o'yinda. "Selta" qarshi hujumni o'ylayotgan bo'lsa, "Real"da asosan jarima maydonchasi tashqarisidagi holat. Ammo yaqin 10 daqiqada aytarli xavfli hujum ko'rmadik.

40. Jutglaning o'tkir burchakdan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

35. Yana bir zarba Chuamenidan! Franciyalik himoyachi tepgan to'p darvozaga aniq bormadi.

31. Madrid klubi har tomonlama hujumga o'tishni izlamoqda, ammo "Selta" yaxshi himoyalanmoqda.

26. O'zi "Real" gol urgach aytarli xavfli hujum ko'rmagan edik. Qani, buyog'iga nima bo'larkin?!

25. GOL! "Selta" hisobni tenglashtirdi! Svedberg jarima maydonchasiga kirib borib to'pni markazga uzatdi, bu erda Iglesias to'pga oyoq qo'yib, gol urdi!

19. Valverdedan zarba! Ammo to'p noaniq ketdi.

18. "Real" to'pni nazorat qilmoqda. O'zaro uzatmalar orqali raqib himoyasini yorib o'tishga urinmoqda.

15. Iglesias darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Kurtua to'pni qaytardi. Qo'shimchasiga bu vaziyatda o'yindan tashqari holat ham bo'lgan ekan.

14. Ikkita fakt: bugun Madrid klubi o'zining 124 yilligini nishonlamoqda. Keyingisi - jamoaning bugun zaxira o'rindig'ida siz tanimaydigan kamida 6 kishi bor. 

13. "Selta" goldan so'ng oldinga o'tmoqda. O'yin yanada qizishi aniq.

11. GOL! Chuameni hisobni ochdi! Gyulerning uzatmasidan so'ng Orelen tepgan to'p darvozadan joy oldi!

11. Zarba berish navbati Chuamenida! Uning tepgan to'pi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

10. Vini!!! U jarima maydonchasiga kirib borib darvozaga zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib, ortga qaytdi... Etiborli tomoni, zarba berilayotgan vaqtda "Selta" himoyachisi Vinini ortdan itarib yuborgandi.

6. Yana bir zarba Iglesiasdan! Bu safar Kurtua to'pni qaytarib yubordi...

1. Dastlabki hujum mezbonlardan bo'ldi, ammo zarba noaniq ketdi.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni LaLiganing 27-turi doirasidagi "Selta" - "Real Madrid" bahsining matnli translyaciyani kuzatishga taklif etamiz!

Reyting: +6   

Fikrlar

+5   
07 mar 02:06:08
my engilish
Абдурахмон Вахобов foydalanuvchining fikriga javob berish
ОЛГА РЕАЛ
Реал охирида гол уради. Ютади
+4   
07 mar 03:08:50
my engilish
Qwerty 007 foydalanuvchining fikriga javob berish
Nafaqat Barcelonaga, umuman istalgan jamoaga qarshi oson emas bu oʻyin bilan, bugun ohirida qandaydir boʻlib toʻp darvozaga kirib ketdi, lekin doim ham shunday boʻlavermaydi. Keyingi raqib Manchester City.
Концерт тамом ухланглар
+4   
07 mar 03:01:16
Goldberg
Койил 1-1 бн тугавоткан уйинни 1-2 килиб галаба козониб кетти Реал. Галаба муборак!
+4   
07 mar 02:58:30
Sherjahon Toyirov
Akademya bilan yutdi malades intriga bor hali
+4   
07 mar 02:48:30
barselona7
Манимча Арбелоанинг ўзи ҳам тезроқ истеъфо ҳохлаяпти. Ажойиб алмаштиришлар. Негативга чиқарманглару аммо бу ўйин билан Арбелоанинг Барселонага рақобат кўрсатиши қийин. Ҳаттоки бугун ўйин охирида ғалабани илиб кетса ҳам.
+3   
07 mar 07:21:27
Bek 777@
16 yildan beri real muhlisimian. Lekin bunaqangi zaif realni kormagandim. Man ozim fudbol oynaganman 2 ligada yaxshi tushinaman ikkinchi golda fol bor edi hakam korip chiqishi kere edi. Penalti bermagan vaziyatga kelsek selta oyinchisini turtip yubordi qoyda buzilgandan kegin vazoyatda qolga tegyapti buniham inobatga olilar. Qachongacha hakamlar tasirida yutadi.hayronman. la ligada hakamlarga bosim qilip eplayotgandur ch ligasida ohshamey qolishi mumkin
+3   
07 mar 05:23:21
N a r g i z a
Хааа Реал эплабди. Лекин качонгача? 800 фоиз барса чемпион. Реални бу мавсум Яратгандан бошка хичким куткаролмиди........
+1   
07 mar 10:18:29
Sherjahon Toyirov
N a r g i z a foydalanuvchining fikriga javob berish
Хааа Реал эплабди. Лекин качонгача? 800 фоиз барса чемпион. Реални бу мавсум Яратгандан бошка хичким куткаролмиди........
Yaratgani ózi yetadi bizga
+1   
07 mar 03:05:58
Muhammadqodir Muhtorov
Qwerty 007 foydalanuvchining fikriga javob berish
Nafaqat Barcelonaga, umuman istalgan jamoaga qarshi oson emas bu oʻyin bilan, bugun ohirida qandaydir boʻlib toʻp darvozaga kirib ketdi, lekin doim ham shunday boʻlavermaydi. Keyingi raqib Manchester City.
Tarkib ham dabdala edida...
+1   
07 mar 03:01:01
Xusan Xaydarov
Real muhlislari tabriklayman valverde amalladi ochiq oyin boʻlsa kerak degandim juda yopiq oʻyin boʻldi
+1   
07 mar 01:35:26
Абдурахмон Вахобов
ОЛГА РЕАЛ
   
08 mar 03:50:56
Bek 777@
Muhammadqodir Muhtorov foydalanuvchining fikriga javob berish
Aka menam o'ynaganman futbol, 1-ligahacha chiqqanman, futbolha 14 yildan beri muxlisman, umuman fol yo'q edi. To'pga tegdi birinchi, oyog'ini "tiq"ib op qoydi.
Hop vaziyatga netral qareli murabbiyimiz oli toifali hakam bollgan sssr paytia botiraka suhbatlaship qoldik. 100 %fol boridi deyapti. u odam milan muhlisi. Netral odam
   
08 mar 03:46:53
Bek 777@
Асилбек Муминов foydalanuvchining fikriga javob berish
Дустим рахмат сизга футболди ичидан тушунадиганла фикридан сезилади узи манам насаф академияни битирганман. Ман шуни адекват булип фанатдошларизга тушунтиролмадим. Лекин нмея сизга плюс босип ташашган буниям тушунмадим фикргамас кимни мухлислигия караб хулоса киладими реал мухлислари. Мард булип натижанимас уйинни тахлил киладиган фикрлашизди хурмат кила бошладим куриш бошка анализ килиш бошка
Rahmat aka etibor uchun
   
07 mar 22:30:35
Асилбек Муминов
Bek 777@ foydalanuvchining fikriga javob berish
16 yildan beri real muhlisimian. Lekin bunaqangi zaif realni kormagandim. Man ozim fudbol oynaganman 2 ligada yaxshi tushinaman ikkinchi golda fol bor edi hakam korip chiqishi kere edi. Penalti bermagan vaziyatga kelsek selta oyinchisini turtip yubordi qoyda buzilgandan kegin vazoyatda qolga tegyapti buniham inobatga olilar. Qachongacha hakamlar tasirida yutadi.hayronman. la ligada hakamlarga bosim qilip eplayotgandur ch ligasida ohshamey qolishi mumkin
Дустим рахмат сизга футболди ичидан тушунадиганла фикридан сезилади узи манам насаф академияни битирганман. Ман шуни адекват булип фанатдошларизга тушунтиролмадим. Лекин нмея сизга плюс босип ташашган буниям тушунмадим фикргамас кимни мухлислигия караб хулоса киладими реал мухлислари. Мард булип натижанимас уйинни тахлил киладиган фикрлашизди хурмат кила бошладим куриш бошка анализ килиш бошка
   
07 mar 08:08:34
Muhammadqodir Muhtorov
Qwerty 007 foydalanuvchining fikriga javob berish
Mbappe bilan Belingham boʻlmasa hujum oʻlik, jamoaviy oʻyin oʻzi shundoq ham yoʻq edi.
Qani kuzataylikchi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика