So’nggi yangiliklar

23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  0 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  12 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  1 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  71 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  3 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4

LaLiga. Kataloniya derbisi yoki bugungi o'yinlar haqida (prevyu) Yangiliklar

LaLiga. Kataloniya derbisi yoki bugungi o'yinlar haqida (prevyu)

Kecha, 23 fevral kuni "Deportivo" hamda "Espanol" o'rtasidagi uchrashuv LaLiganing 25-tur o'yinlariga rasman start berdi.

Turning ilk bahsida hisob ochilmadi va jamoalar bir ochko bilan cheklanishdi. 25-turning bugungi uchrashuvlari haqida to'xtalamiz.


25 fevral. 17:00. "Selta" - "Eybar"

LaLiganing so'nggi turida "Selta" kutilmaganda mag'lub bo'ldi, buning ustiga yirik hisobda. Ammo futbolchilar saviyasi, uydagi o'yinlar natijasiga ko'ra, "Selta" bu bahsda favorit. Unsue jamoasi raqibning pozicion hujumlariga etibor bermaydigan klublar bilan yaxshi o'ynaydi va o'z imkniyatini topa oladi. Biroq "keltlar" darvozasini quruq saqlay olishiga ishonish qiyin. "Selta" joriy mavsum faqat 5ta uchrashuvda gol o'tkazmasdan uchrashuvni yakunlagan.


20:15. "Real" - "Alaves"

Ko'chirilgan 16-tur bahsida "Leganes"ni mag'lub etgan "Real" turnir jadvalida "Valensiya"dan o'tib ketdi. Franciyalik mutaxassis Zinedin Zidan avvalgi o'yinda rotaciya tufayli asosiy tarkib futbolchilariga dam berdi va navbatdagi o'yinda ular ishga kirishishi aniq. "Real" asta-sekin o'z formasini tiklamoqda, Zidan shogirdlari so'nggi 6ta o'yinda 26ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va o'rtacha har bir uchrashuv ko'rsatkichi 4,33taga teng.  Bu erga PSJ darvozasiga urilgan 3ta golni qo'shish mumkin...


22:30. "Leganes" - "Las-Palmas"

"Real"ga qarshi bahsda Madrid yonidagi shaharcha jamoasi markaziy himoyachisi 6-daqiqada hisobni ochgan bo'lsada, "Leganes"ning muvaffaqiyatiga ishonish qiyin edi. "Qirollik klubi" bilan munosib o'yin ko'rsatgan "Butarke" stadioni egalari bu turda autsayderlardan birini qabul qilishadi.

"Las-Palmas" o'zining etakchi yarim himoyachisi Xonatan Vierani sotishga qaror qildi. Xitoyliklar u uchun 25 mln. evro to'lashga rozi bo'lishdi. Bu klub uchun rekord bo'lsada, LPning natijalari salbiylashmoqda.


00:45. "Barselona" - "Jirona"

Ko'k-anorranglilar Ispaniya chempionatining so'nggi turida "Eybar"ni qiyinchilik bilan mag'lub etishdi. Ammo asosiysi uch ochko qo'lga kiritildi. Klub chempionatda 31ta uchrashuvda mag'lub bo'lmay, o'z rekordini takrorladi. CHempionat rekordi "Real Sosedad"ga tegishli (1979-1980 mavsumda 39ta mag'lubiyatsiz o'yin), ularga etib olish uchun hali ko'p ishlash kerak. Joriy haftada "Barselona" "CHelsi" bilan uchrashuv o'tkazdi va mazkur o'yinda futbolchilar katta kuch sarflashgani aniq. LaLiga grandi 3 ochkoni qo'lga kiritishi mumkin, ammo "Jirona"ga qarshi o'yin oson o'tmaydi.


Bugungi o'yinlarni qaysi kanallar ko'rsatadi?

17:00. "Selta" - "Eybar"

20:15. "Real" - "Alaves" - Match TV. FUTBOL 3, Uzreport, Match TV

22:30. "Leganes" - "Las-Palmas"

00:45. "Barselona" - "Jirona" - Match TV. FUTBOL 3, Match TV, Futbol TV


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика