So’nggi yangiliklar

03:05ЕЧЛ. "Арсенал" жавоб учрашувида "Байер"ни мағлубияга учратиб, чорак финалга йўл олди  10 03:00ПСЖ "Челси"ни иккинчи учрашувда ҳам йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, кейинги босқичга йўл олди  35 02:56Даҳшат! Сенегалдан Африка чемпионлиги олиб қўйилди. Марокаш терма жамоаси финалдан икки ой ўтиб, Африка миллатлар кубоги ғолиби деб топилди!   26 02:55ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  365 01:35Эртак якунланди. "Спортинг" "Буде Глимт" қарши камбэк амалга ошириб, кейинги босқичга йўл олди  23 01:09"Будё Глимт" ЕЧЛда ғалати рекорд ўрнатди  3 00:23"Бавария" "Реал"га қарши эҳтимолий тўқнашув олдидан "Бернабеу"нинг томидан "чўчимоқда"  9 23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!  53 23:15Мексика Эроннинг ЖЧ-2026даги ўйинларини қабул қилишга тайёр. Бу ҳақда мамлакат президенти маълум қилди  6 22:52“Барселона” Бастонига қизиқиш билдирмоқда. “Интер” футболчига нарх белгилаган  0 22:36Про лига: мураббийлар билан танишамиз — ОФК Кубоги-2011 ғолиби, "Навбаҳор" собиқ устози ва 2024 йилнинг энг яхши ёшлар мураббийи (1-қисм)   0 21:30Гринвуд "Ювентус"нинг ёзги трансфер ойнасидаги асосий мақсадига айланди  1 21:18"Манчестер Юнайтед" Каземиро бўйича қарорни қайта кўриб чиқмайди  3 20:49Костакурта: "Мен Леауни алмаштирмаган бўлардим"  1 20:21Расман: Францис Нарх "Каттақўрғон" футболчисига айланди  4

LaLiga. Grandlarning omadsizligi davom etadimi? (prevyu) Yangiliklar

LaLiga. Grandlarning omadsizligi davom etadimi? (prevyu)

Ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida "Alaves" etakchilik qilmoqda.

Vitoriya Gasteys jamoasi kecha "Selta"ni mag'lub etib, chempionatda birinchi o'ringa chiqib oldi. LaLiga grandlari "Real" hamda "Barselona" esa ketma-ket omadsizliklarga uchrab, chempionat cho'qqisini boy berishdi. Kataloniya klubi 9-tur doirasida "Kamp Nou" stadionida "Sevilya"ni qabul qiladi. Ispaniya chempionatining 9-turidan o'rin olgan markaziy bahslar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.


23:45. "Barselona" - "Sevilya"

CHempionlar ligasini hisobga olmasak, "Barselona"ning LaLigadagi ishlari harob. Kataloniya klubi Ispaniya chempionati o'tkazgan so'nggi 4ta uchrashuvning 3tasida durang qayd etdi, 1ta bahs mag'lubiyat bilan yakunlandi. Ko'k-anorranglilarning hujum chizig'ida deyarli muammo yo'q, ammo himoya chizig'i bugungi kunda jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdening eng katta bosh og'rig'i. Himoya markazida o'ynaydigan futbolchilarning so'nggi uchrashuvda yo'l qo'ygan xatolari tufayli klub qimmatli ochkolardan ayrildi. Jamoa etakchilaridan biri Xerard Pikening o'yini ko'pchilikda shubha uyg'otmoqda. Klub rahbariyati esa Valverdega La Masiya tarbiyalanuvchilaridan foydalanishni iltimos qildi. "Barselona"ga kelganidan beri akademiyaning bor-yo'g'i 2 nafar futbolchisiga imkon bergan Valverde "Sevilya"ga qarshi bahs qaydnomasiga "Barselona B" himoyachisi CHumi Brandarisni kiritdi. "Sevilya" ko'k-anorranglilar hujumchisi Lionel Messining LaLigadagi "sevimli" klubi hisoblanadi. Forvard ushbu klubga qarshi o'tkazgan 34ta uchrashuvda 31ta gol urgan.

"Sevilya" joriy mavsumni juda omadli boshladi. Klub o'zining so'nggi 6ta uchrashuvida 20ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Jamoaning LaLiga doirasidagi so'nggi mag'lubiyati 2 sentyabr kuni "Betis"ga qarshi bahsda bo'lgan. O'sha o'yin "Sevilya"ning 0:1 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlangan. Ajoyib formaga kirib olgan klub o'z maydonida "Real"ning yirik hisobda (3:0) taslim eta oldi. Kataloniya klubining himoyadagi muammolarini hisobga olsak, qizil-oqlar bugun bo'ladigan uchrashuvda durang qayd etishi yoki g'alabani qo'lga kiritishi mumkin. Jamoa hujumchilari Andre Silva va Vissam ben Yedder to'purarlar poygasida etakchilardan hisoblanishadi. 


TAXMINIY TARKIBLAR

"Barselona": Ter SHtegen, Serxi Roberto, Pike, Langle, Alba, Rakitich, Buskets, Artur, Koutino, Suares, Messi.

"Sevilya": Vaclik, Gomes, Kyaer, Karrico, Arana, Vaskes, Banega, Navas, Sarabiya, ben Yedder, Silva.


21:30. "Vilyarreal" - "Atletiko"

"Vilyarreal"ni joriy mavsum omadsizlaridan biri desak adashmaymiz. "Sariq suvost kemasi"ning LaLiga va Evropa ligasidagi ishlari yurishmayapti. Jamoa Ispaniya chempionatining 8ta turida bor-yo'g'i 6ta gol urdi. Ular turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turishibdi. "Vilyarreal" Evropa ligasining 2ta o'yinida ham durang qayd etdi. Jamoa "Ufa"ni bir amallab mag'lub etgan "Reynjers"ni taslim qila olmadi (2:2). Klub o'yinida inqiroz kuzatilmoqda.

Mavsumning ilk o'yinlarida muxlislar ishonchini oqlay olmagan "Atletiko" hozir ajoyib formada. "Matraschilar" posboni Yan Oblak so'nggi 5ta o'yinning 4tasida darvozasini "quruq" saqladi. Diego Simeone jamoasi uchun hozirgi "Vilyarreal" muammo bo'lmasligi kerak. To'g'ri, jamoa gollari soni kam, ammo "matraschilar" uslubi shunday, axir 1ta gol urib g'alaba qozonsangiz ham o'sha 3 ochkoni olasiz.


TAXMINIY TARKIBLAR

"Vilyarreal": Asenxo, Kosta, Ruis, Gonsales, Gaspar, Mori, Trigeros, Kasorla, Fornals, Layun, Moreno.

"Atletiko": Oblak, Luis, Godin, Ernandes, Xuanfran, Lemar, Koke, Rodrigo, Saul, Grizmann, Kalinich.



9-tur o'yinlari


LaLiga to'purarlari

1. Kristian Stuani ("Jirona") - 8ta gol

2. Andre Silva ("Sevilya") - 7

3. Lionel Messi ("Barselona") - 6

4. Yago Aspas ("Selta") - 5

5. Vissam Ben Yedder ("Sevilya") - 5


LaLiga assistentlri

1. Xesus Navas ("Sevilya") - 4ta

2. Pablo Sarabiya ("Sevilya") - 4

3. Maksi Gomes ("Selta") - 4

4. Joni ("Alaves") - 4

5. Lionel Messi ("Barselona") - 4


Turnir jadvali

* "Alaves" va "Selta" 9-tur uchrashuvini o'tkazib bo'lgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика