So’nggi yangiliklar

02:35Ла Лига. "Барселона" "Мальорка" устидан қийин ғалабага эришди  30 02:10АПЛ. "Манчестер Сити" охирги дақиқалардаги гол эвазига "Астон Вилла"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов майдонга тушмади  53 01:10Постекоглу "Тоттенхэм" мавсум охирида клубни тарк этади  2 00:50Никола Лазаревич: “Ўйин охиридаги вазиятларни голга айлантира олдик”  0 00:40Зайниддин Тожиев: "Йигитларда ўзларига ишонч етишмади"  0 00:20Ҳаким Фузайлов: "Вазифани уддалаб бўлдик. Кейинги ўйинда ротация амалга оширамиз, U21 жамоамиздан ўйинчилар жалб қиламиз."  0 00:03Шомуродовнинг голи "Рома"га ғалабага келтирди: А Серия 33-тур якунлари  1 23:59"Жайхун" устози Айбек Нурбаев: "Сарсенбаев ва Эримбетовни бирданига асосий таркибга киритмаймиз"  3 23:25Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" "Замин" устидан ғалаба қозонган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 22:34Исломжон Аҳмедов: "Бу ўйиндан катта тажриба олдик. Хато ва камчиликлар устида ишлаймиз"  1 22:20Баҳром Ҳайдаров: "Иккинчи бўлимда тажриба ўз сўзини айтди"  0 21:45U-21 биринчилиги. Бир ўйинда 10та гол, "Бунёдкор" футболчисидан гекса-трик, дербида 10та сариқ: 6-тур якунланди (ТУРНИР ЖАДВАЛИ)  0 21:20Нуньес ёзда "Ливерпул"ни тарк этади. Ҳужумчи 2022 йилда 75+25 миллион еврога сотиб олинганди  3 20:58Гарначо учун тўртта топ клуб даъвогарлик қилмоқда  9 20:37Хулиан Альварес "Атлетико"ни тарк этиши мумкин  8

LaLiga. "Barselona" mag'lubiyatga uchradi va chempionlik uchun kurashdan chiqib ketdi Yangiliklar

LaLiga. "Barselona" mag'lubiyatga uchradi va chempionlik uchun kurashdan chiqib ketdi

"Barselona" hamda "Selta" o'rtasidagi LaLiganing 37-tur o'yini yakuniga etdi.

Barcelona

Lionel Messi - 28'

LaLiga . 37-tur

16/05/2021, 22:30

2
:
1
Tugadi

Celta Vigo

Santi Mina - 38', Santi Mina - 89'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45'
90'
28'  Lionel Messi
28'  Sergio Busquets
46'  Pedri (Ricard Puig)
56'  Ricard Puig
64'  Gerard Pique (Sergino Dest)
70'  Antoine Griezmann (Martin Braithwaite)
70'  Ousmane Dembele (Trincao)
73'  Clement Lenglet
83'  Clement Lenglet
86'  Ilaix Moriba (Miralem Pjanic)
38'  Santi Mina
38'  Iago Aspas
51'  Carlos Dominguez
69'  Nolito (Augusto Solari)
78'  Iago Aspas (Miguel Baeza)
89'  Santi Mina
90'  Fran Beltran (Hugo Sotelo)


"Barselona" – "Selta" 1:2

"Kamp Nou"

Gollar: 1:0 – 28 Messi, 1:1 – 38 Santi Mina, 1:2 – 89 Santi Mina.

"Barselona" – ter Stegen, Pike (Dest, 64), Arauxo, Langle, Alba, Moriba (Pyanich, 86), Buskets, Dembele (Trinkau, 70), Pedri (Puch, 46), Messi, Grizmann (Breytueyt, 70).

"Selta" – Vilyar, Arauxo, Aaron Martin, Vaskes, Dominges, Mendes, Beltran, Denis Suares, Nolito (Solari, 69), Santi Mina, Aspas (Baesa, 78).

Ogohlantirishlar: Dominges (51), Puch (56), Langle (73).

CHetlatish: Langle (83).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Onlayn hisob: "Atletiko" ikkinchi golni urib, hisobni 2:1ga etkazdi.

89. GOOOL! "SELTA"! 1:2. Avvaliga qanotdan uzatilgan pas darvozaga burilib ketdi, to'p ustunga tegib qaytganidan so'ng hujumni Santi Mina yakunlab qo'ydi.

87. MARTIIIN... Breytueyt qulay vaziyatdan, yaqin masofadan gol ura olmadi.

87. Solarining o'zgacha zarbasidan so'ng Ter SHtegen qaytarib qoldi, ammo zarbani ko'rib, hayron qolardingiz.

83. Qizil kartochka. Langle ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etmoqda.

82. Onlayn hisob: "Atletiko" hisobni tenglashtiryapti. 1:1.

81. Kuman Breytueytni hujum markazida o'ynash uchun maydonga tushirgandi, ammo Martin birorta hujumni zarba bilan yakunlagani yo'q. 

78. "Barselona"ga bitta Messi kamlik qilyapti, chunki Leo bir necha futbolchi orasidan ajoyib pas berdi, ammo to'pni darvozaga burib qo'yadigan o'yinchi yo'q.

76. Onayln hisob: Kutilmaganda "Osasuna" gol urib, "Atletiko" ustidan g'alaba qozonishni boshladi.

71. Ter SHtegendan seyv. "Selta"ning xavfli hujumi aniq zarba bilan yakun topdi, ammo Mark Andrening harakatlari tufayli, zarba golga aylanmadi.

70. "Barselona" hujumlari oxiriga etmay qolayotgani tufayli o'zgarish ro'y bermoqda: Grizmann o'rniga Breytueyt, Dembele o'rniga Trinkaular maydonga tushishdi.

68. Onlayn hisob: "Real" muxlislari xursand bo'laverishsin, chunki "Qirollik klubi" gol urib, hisobni ochdi.

67. Onlayn hisob: "Atletiko" gol urdi. Bizni aldashdi, gol bo'lmagan ekan.

66. Dembele raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va yana bir futbolchini aldab o'tdi, ammo markazga bo'lgan uzatma muvaffaqiyatsiz chiqdi.

61. ZARBAAA... Arauxoning darvozaga bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p to'rning ichiga emas, ustiga tushdi.

59. Onlayn hisob: "Atletiko" gol urdi va 1:0 hisobida g'alaba qozonyapti. YO'Q, GOL HISOBGA OLINMADI (Ofsayd).

54. "Selta" darvozasi oldida xavfli vaziyat: Dembelening qanotdan uzatmasidan so'ng to'p Puchga tushib qoldi, ammo u zarba berishga ulgurmadi, qaytarilgan to'pga Moriba zarba berdi. Noaniq.

50. Boshqa bahslarni ham kuzatayotganlar uchun eslatib qo'yamiz, CHempionlik uchun kurashayotgan Madrid jamoalari bahslarida haligacha gol urilmadi.

- "Barselona" safida o'zgarish bo'ldi: Pedri o'rniga Riki Puch maydonga tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga vaqt qo'shib berilmadi.

38. GOOOL! Ter SHtegen to'pga otilmadi ham. Santi Mina raqib jarima maydonchasiga kirmay, Pike ortidan yashirin zarba yo'lladi va Mark bunga reakciya qila olmadi.

35. Hali ham Madrid jamoalari o'yinlarida gol yo'q.

32. Yana to'p havolatib Messiga uzatildi, ammo bu safar Leoning bo'yi etmadi.

28. GOOOL! Leo bosh bilan gol urdi! CHempionlik uchun kurashayotgan jamoalar uchligida birinchi bo'lib Kataloniya gol urdi. Maxsus niqobdagi Busketsning ajoyib uzatmasidan so'ng Messi to'pni bosh bilan darvozaga yo'lladi va hisob ochdi.

22. "Atletiko" va "Real" ishtirokidagi o'yinlarda hali ham hisob ochilmagan.

19. "Barselona" hujumlari xavfli ko'rinish olmoqda, ammo so'nggi zarbalarning bari muvaffaqiyatsiz chiqmoqda.

16. Ayni damdagi onlayn hisoblarga qarasak, chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarning hech biri hozircha gol urgani yo'q.

10. Messi Grizmannga yaxshi pas berdi, ammo Antuan yaqin masofadan, biroq o'tkir burchakdan "Selta" darvozasini ishg'ol qila olmadi.

7. Pedri... "Barselona" yarim himoyachisi raqib jarima maydonchasi chizig'i ustida bir futbolchini "xot-dogga jo'natdi", ammo chap oyoqda bergan zarbasi juda noaniq chiqdi.

4. "Barselona" futbolchilari raqib jarima maydonchasi oldida yig'ilib, hujumlar tashkil qilishmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.


Barselona – Selta

16 may, 21.30, "Kamp Nou"

Barselona – ter Stegen, Pike, Arauxo, Langle, Alba, Moriba, Buskets, Dembele, Pedri, Messi, Grizmann.

Selta – Vilyar, Aaron Martin, Vaskes, Aydu, Arauxo, Mendes, Beltran, Denis Suares, Nolito, Santi Mina, Aspas.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика