So’nggi yangiliklar

12:05"Рома" А Сериядаги мағлубиятсиз сериясини 17 ўйинга етказди  0 11:41Иммобиле Италияга қайтиши мумкин?  1 11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  6 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  6 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  10 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  26 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7

La Liga. Levandovskining goli "Barselona"ga "Malorka" ustidan g'alabani taqdim etdi Yangiliklar

La Liga. Levandovskining goli "Barselona"ga "Malorka" ustidan g'alabani taqdim etdi

La Liganing 7-turi doirasidagi "Malorka" - "Barselona" bahsi yakunlandi.

Malorka – Barselona 0:1

2 oktyabr, 00.00, "Son Moish"

Gol: 0:1 – 20 Levandovski.

Malorka – Raykovich, Maffeo, Railo, Valent, Kopete, Kosta (Kufre, 77), Sanches (Dani Rodriges, 67), Li Kan In, Ruis de Galarreta (Lago Djunior, 85), Baba, Muriki.

Barselona – ter Stegen, Balde, Pike, Kristensen, Alba (Serdji Roberto, 80), Buskets, Kessie (Pedri, 67), Gavi, Levandovski, Dembele (Ferran Torres, 80), Fati (Rafinya, 67).

Ogohlantirishlar: Kristensen (39), Pike (40), Kosta (42), Kessie (45), Buskets (74), Valent (83).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga "yigit bahosi"dagi daqiqa qo'shib berildi.

89. Liiiiiiiiiiiiiiiii... uning zarbasi darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi.

85. O'yin tempi odamni biroz esnashga majbur qilmoqda.

80. Alba va Dembele o'rniga Roberto va Torres maydonga tushirildi.

75. Buskets ham himoyadagi sheriklaridan nima kamim bor deya o'z hisobiga sariq kartochka yozdirib qo'ydi.

72. Alba, yo'lladi zarba.

68. "Malorka" posboni Levandovskini aldadi, uni ham "Oltin to'p"ga nomzodlar qatoriga qo'shsa bo'lar.

67. "Barselona" tarkibida o'zgarishlar: Kessie o'rniga Pedri, Fati o'rniga Rafinya maydonga tushirildi. Raqib jamoada ham o'zgarishlar yuz berdi.

63. Fati to'pni to'xtatishda shaxmatdan to'g'ri stadionga kelgan bolakayga o'xshash harakat amalga oshirdi.

61. Kessie zarbasi bilan raqib posbonini o'tirg'izib qo'ydi, ammo Raykovich yonboshlab olganda ham, to'p darvoza to'ridan o'rin olmasdi.

55. "Malorka" futbolchisi to'pni qaytarish chog'ida hakamning nozik qismiga zarba yo'lladi. Jamoa yutqazayotgan bo'lsa, hakamda nima ayb?

53. Yigit kishini ikki narsa yiqitishi mumkin: birinchisi yo'qchilik, ikkinchisi Gavi.

50. Muriki qanodan uzatilgan to'pni bosh bilan darvoza tomon yo'lladi, Ter Stegen esa to'pni eson-omon maydon tashqarisiga kuzatib qo'ydi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim tezroq yakunlanmaganida, o'yinchilarning yarmi hakam cho'ntagida turgan "Barselona" libosi rangidagi esdalik nishoni bilan taqdirlanardi.

45. Kessiening mehnatlari ham munosib mukofotlandi. U ham Ispaniyada xizmat ko'rsatgan sariq kartochka sohibiga aylandi.

42. Avtomobil, uylarning narxi oshmoqda, lekin kartochka olish suvtekin. Navbat Kostaga etib keldi.

41. "Barselona" yordamchi murabbiyi xalq og'zaki ijodiyotidan so'zlagani uchun hakam tomonidan chetlatildi.

40. Pike ham ushbu videoo'yinda himoyadagi jamoadoshiga sherik bo'lgan ekan, hakam uni ham "siyladi".

38. Kristensen "Mortal Kombat" videoo'yinini maydonda tatbiq qilib ko'rdi, buning oqibatida hakam tomonidan ogohlantirildi.

35. Kosta 4-5 metr masofadan ham gol urolmaslik dissertaciyasini yoqladi.

32. Levandovskining bosh bilan yo'llagan zarbasi raqib futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi. Hakam esa bu vaziyatni ko'rmay qoldi.

30. Gavi kurash tushganda kuragini erga tekkazish qiyin bo'lgan raqibini futbol bahsida yiqita oldi.

26. Fati jirafaning ham bo'yi etmaydigan nuqtaga zarba yo'lladi, aksiga olib, futbolchi maydondan ichkaridayu, o'yindan tashqarida qolib ketdi.

23. Levandovski dublni rasmiylashtirishi uchun raqib posboni "Oppog'oy" ertagidagi etti qahramondan biri kabi bo'y-bastga ega bo'lishi lozim edi.

20. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Fatidan to'pni qabul qilib olgan polshalik hujumchi to'pni aylantirib-o'rgiltirib, darvozaning olis burchagiga joylab qo'ydi.


15. Dembelening zarbasi golga aylanishi uchun to'p fitnes zalidagi tosh og'irligida bo'lishi lozim bo'lardi. 

13. Dembele Levandovskini birga-bir vaziyatga chiqarmoqchi bo'ldi, ammo haqiqiy birinchi raqamli libos sohibi to'pni egallab oldi.

11. Li Kan In "Barselona" futbolchilarini qo'rqinchli hikoya eshitgandaka holatga solib qo'ydi. Burchak zarbasi.

9. "Malorka"ning ikki futbolchisi bir-birini yiqitdi.

5. O'zbekistonda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo kubogida ishtirok etgan Li Kan In burchak zarbasi ishlab oldi.

4. Gavining zarbasi "Qarg'alar uchsa qaraylik" qo'shig'ini aytsa bo'ladigan tarzda amalga oshirildi. 

3. Alba faqatgina mezbonlarni quvontiradigan uzatma amalga oshirdi.

1. Birinchi bo'lib to'pga mezbonlar teginishdi. O'yin boshlandi.


Bugun mezbonlar qizil, mehmonlar esa to'q sariq rangli libosda teleekranlarda namoyon bo'ladi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ustoz va murabbiylar kunida Ispaniyaning ikki ustozi bir-biriga "syurpriz" hozirlashga harakat qilib ko'radi. Ertaga ham bemalol budilniklarimizga dam bersak bo'ladi, shu bois biroz uyqungizdan voz kechishga arzirli o'yin guvohiga aylanamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика