So’nggi yangiliklar

13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   0 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  7 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  4 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  6 12:09БАА бош мураббийи Паулу Бенту: "Ўзбекистон терма жамоаси мундиалга тўғридан-тўғри чиқишга даъвогар"  14 11:52БАА терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келди? Рўйхатда Англияда ўйнайдиган икки футболчи бор  15 11:33Корея Республикаси - Ироқ учрашувида 6 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  5 11:25Месси билан ҳазиллашган Ўринбоев  5 11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  10 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  3 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  7 09:50"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топиб қўйди  4 09:45Игорь Шквирин: "Гуруҳда рақобат кучли, хатолардан керакли хулоса чиқарилмаса қимматга тушади"  10 09:14"Реал Мадрид" МЮ футболчисини сотиб олиши мумкин  4

La Liga. "Real" Madrid derbisida g'alaba qozondi va endi "Barsa" bilan farq 10 ochko Yangiliklar

La Liga. "Real" Madrid derbisida g'alaba qozondi va endi "Barsa" bilan farq 10 ochko

Ispaniya La Ligasining 13-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Rayo Valekano" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" – "Rayo Valekano"
Gollar
: 1:0 – 14 Kroos, 2:0 – 38 Benzema, 2:1 – 76 Falkao.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Nacho, 90), Alaba, Militao, Mendi, Kroos, Kazemiro, Kamavinga, Benzema (Azar, 83), Asensio (Vaskes, 83), Vinisius Junior.

"Rayo Valekano" – Dimitrievski, Baliu, Savelich (Poso, 81), Katena, Fran Garsiya, Garsiya, Komesanya, Oskar Valentin, Nteka (Falkao, 69; Gvardiola, 81), Trexo (Unai Lopes, 60), Palason (Bebe, 60).

Ogohlantirishlar: Kroos (29), Baliu (45), Komesanya (68).


Real Madrid

Toni Kroos - 14', Karim Benzema - 38'

LaLiga . 13-tur

07/11/2021, 00:00

1
:
2
Tugadi

Rayo Vallecano

Radamel Falcao - 76'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 43283 tomoshabin

Bosh hakam: Pablo Gonzalez

45'
90'
14'  Toni Kroos
29'  Toni Kroos
38'  Karim Benzema
38'  David Alaba
83'  Marco Asensio (Lucas Vazquez)
83'  Karim Benzema (Eden Hazard)
90'  Daniel Carvajal (Nacho Fernandez)
45'  Ivan Balliu
60'  Isi Palazon (Bebe)
60'  Oscar Trejo (Unai Lopez)
68'  Santi Comesana
69'  Randy Nteka (Radamel Falcao)
76'  Radamel Falcao
76'  Alvaro Garcia
81'  Radamel Falcao (Sergi Guardiola)
81'  Esteban Ariel Saveljich (Jose Pozo)


La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing

Ushbu sahifada jamoalarning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH



SHu tariqa, Madrid derbisida g'alaba qozongan "Real" navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritdi.

90+4-daqiqa. O'zgarish amalga oshirilgani uchun hakam yana bir daqiqa o'ynashga berdi, ammo mezbonlar qiyinchilik bilan bo'lsada, g'alabani saqlab qolishdi.

Qiziq bir ko'rsatkich, zarbalar bo'yicha hisob 14 - 14.  

90+3-daqiqa. O'zgarish! Karvaxal o'rnini Nachoga bo'shatib berdi. 

90+1-daqiqa. Ketma-ket ikki marta to'p darvozasiga kirib ketayotgandi... Kurtua ilojsiz qolgan vaziyatda Kroos chiziq oldidan to'pni tepib yubordi, ikkinchi vaziyatda esa Tibo qo'llari bilan xavfni bartaraf etdi.  

90-daqiqa. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Azar yana faollik ko'rsatdi, uning uzatmasidan keyin Kroos zarba yo'llashi mumkin edi, lekin germaniyalik qulayroq nuqtaga chiqaman deb to'pni oldirdi.  

88-daqiqa. Kamavinga to'pni raqibidan olib qo'ydi, Azar qarshilikka uchraganiga qaramay, bir raqibini aldab o'tdi va to'pni saqlab qoldi, lekin Kroosning uzatmasidan keyin Lukas Vaskes o'ralashib qolib, to'pni yo'qotdi.   

Bugungi uchrashuvni bevosita stadiondan 43283 muxlis tomosha qilmoqda. 

86-daqiqa. Jarima maydonchasi chizig'i ustida to'pni qabul qilgan Kamavinga bir aylanib zarba yo'llashga muvaffaq bo'ldi, ammo to'p to'g'ri Dimitrievski qo'liga bordi. 

85-daqiqa. To'p bilan yana "Real". 

84-daqiqa. Kazemironing uzatmasidan keyin hozirgina o'yinga qo'shilgan Azar bosh bilan gol urishi mumkin edi.  

83-daqiqa. O'zgarishlar! Asensio va Benzema o'rniga Eden Azar va Lukas Vaskes tushirildi.    

80-daqiqa. O'zgarishlar! Falkao o'yinni davom ettirolmasligi aniq bo'ldi. Falkao va Esteban Savelich uchun o'yin yakuniga etdi. Serxio Gvardiola va Xose Anxel Poso maydonga tushirildi.  

SHifokorlar kolumbiyalik futbolchiga yordam ko'rsatishmoqda. 

79-daqiqa. Falkao og'riq sabab maydonda o'tirib qoldi, shu sabab Kroos to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. 

Bizni endi shiddatli so'nggi daqiqalar kutib turibdi. 

76-daqiqa. GOOOOOOOOL! Falkao oradagi farqni qisqartirdi. Bu vaziyatda to'p Alabaning oyog'iga tegishi Kurtuani biroz chalg'itgani ham bor gap. Biroq Radamelga qoyil qolmay iloj yo'q. 

75-daqiqa. Avvaliga "Real" yaxshi vaziyatga ega bo'lishi mumkindek edi, lekin to'pni olib qo'ygan mehmonlar hujumga oshiqishdi, Bebe raqiblarini chalg'itib, zarba yo'lladi va faqatgina darvoza ustuni gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi.  

73-daqiqa. "Rayo Valekano" to'pni nazorat qilib, vaziyat yaratish uchun fursat poylamoqda.  

71-daqiqa. Karvaxal amalda yo'q joydan Marko Asensioga vaziyat yaratib berdi, ammo ispaniyalik yarim himoyachining zarbasiga aniqlik etishmadi.  

70-daqiqa. Mehmonlar burchak zarbasi ishlab olishmoqda. Himoyaga yordamga kelgan Benzema to'pni uzoqlashtirdi.  

69-daqiqa. O'zgarish! Rendi Nteka o'rniga Falkao o'yinga qo'shildi.  

68-daqiqa. Ogohlantirish! Santi Komesanya Kamavingaga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi. 

Radamel Falkao maydonga tushishga tayyor va murabbiydan so'nggi ko'rsatmalarni eshitmoqda. 

67-daqiqa. Mehmonlar hali umidlarini uzishganicha yo'q. Hozir zaxiradan o'yinga qo'shilgan Bebe uzoq masofadan zarba berib ko'rdi, Kurtua o'z o'rnida.    

66-daqiqa. Bugun ancha tetik va chiroyli futbol ko'rsatayotgan "Real"ning navbatdagi urinishi gol bo'lishiga darvozabonning faolligi imkon qoldirmadi.  

63-daqiqa. Kamavinga qanotda Garsiyani oldinga o'tkazmadi.  

62-daqiqa. Vinisius-Mendi-Benzema kombinaciyasini Karim aylanma zarba bilan yakunlamoqchi bo'ldi, biroz noaniq. Bu vaziyatda futbolchilarning harakatlari, chiroyli uzatmalarini alohida qady etish lozim.   

60-daqiqa. O'zgarishlarIsaak Palason va Oskar Trexo o'rniga Unai Lopes hamda Bebe o'yinga qo'shildi. 

59-daqiqa. "Rayo" hujumini o'ng qanotdan rivojlantirdi va oxirgi zarbani Rendi Nteka amalga oshirdi, lekin noaniq.   

Yon hakam bayroqchasini ko'tarib, o'yindan tashqari holatni qayd etdi. Takroriy lavhada esa bu qarorga savollar paydo bo'ldi. 

57-daqiqa. Benzemadan ajoyib pas va Vinni qulay vaziyatga chiqib borib, zarba yo'lladi Dimiitrievski oyoqlari bilan to'pni qaytarishni uddaladi.  

56-daqiqa. "Rayo Valekano" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.  

54-daqiqa. Kroosning uzatmasidan keyin Marko Asensio darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, lekin to'pni posbonning ustidan tashlab qo'ymoqchiligini raqib sezib qoldi. O'ta qulay imkoniyat ko'kka sovurildi.  

53-daqiqa. "Real" jarima maydonchasi yaqinida Kamavingaga nisbatan qoida buzildi.  

51-daqiqa. Vinisius maydonning deyarli markazidan to'p bilan jarima maydonigacha keldi, yo'l-yo'lakay bir necha raqibini dog'da qoldirdi, darvozabon ham faqatgina nigohlari bilan to'pni kuzatib qo'yganida esa Oskar Valentin jamoasini goldan qutqarib qoldi. Juda chiroyli gol bo'lardi agar... 

48-daqiqa. "Real" asta-sekin pozicion hujumga o'tdi, Marko Asensioning faolligi va uzatmasidan keyin Benzema zarba yo'lladi, lekin to'p darvozabongacha etib bormadi.  

Birinchi bo'limda ancha faol bo'lgan Alvaro Garsiya zarba berishga imkon topdi, ammo Karvaxal to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

47-daqiqa. "Real"ning tezkor qarshi hujumi to'p uzatishdagi xato sabab uzilib qoldi.  

Birinchi bo'limda bo'lgani kabi ilk vaziyat mehmonlarda bo'ldi, ammo bu safar ham to'p Kurtua qo'riqlayotgan darvozaga borib tushmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Bo'ldi, Pablo Gonsales hushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi.

45+1-daqiqa. Ogohlantirish! O'sha daqiqa Ivan Balliuning Kazemiroga nisbatan qo'pol harakati uchun sariq kartochka ko'rsatilgani bilan qaydnomadan o'rin oladigan bo'ldi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. "Rayo Valekano" chap qanotidan navbatdagi hujumini amalga oshirdi, lekin bu safar ham ish oxiriga etmay qoldi. 

42-daqiqa. Kazemironing xatosidan keyin raqib imkoniyatga ega bo'ldi, lekin Alvaro Garsiyaning zarbasidan keyin to'p yana to'g'ri Kurtuaning qo'llariga bordi. 

41-daqiqa. "Rayo"ning hujumi oxiriga etmay qoldi. 

38-daqiqa. GOOOOOOOL! Kariiiim Benzema oradagi farqni ikkitaga oshirdi, dedi stadiondagi diktor. CHap qanotdan oldinga chiqqan Alabadan ajoyib uzatma (assist). 

Navbatdagi hujum. To'p standartda oldinga kelgan Militaoga etkazildi, uning uzatmasini esa raqib futbolchilari darvozaga to'g'rilab yuborishiga sal qoldi. 

37-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Vinisius zarba bilan yakunladi, ammo to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi va burchak zarbasi. 

35-daqiqa. Karvaxal-Benezma-Asensio kombinaciyasi katta ehtimol gol bilan yakunlanardi, biroq francuzning uzatmasidan keyin to'p Markogacha etib bormadi. 

33-daqiqa. "Real" to'pni o'z nazoratida ushlab turgan bir pallada bosh hakamning qo'lidagi zarurat tug'ilsa, hamkasblari bilan aloqaga chiqadigan moslama bilan bog'liq muammo yuzaga keldi. SHu sabab Pablo Gonsales futbolchilardan biroz shoshmaslikni so'radi. 

31-daqiqa. Alaba ortga qaytib ulgurmaganini ko'rgan Alvaro Garsiya jarima maydoniga uzatmani amalga oshirishda biroz shoshdi va to'pni to'g'ri Kurtuaning qo'liga yo'lladi.  

Standart vaziyatdan uzatilgan to'pni oilaviy sabablarga ko'ra, kecha bo'lib o'tgan jamoaviy mashg'ulotlarda ishtirok etmagan Eder Militao uzoqlashtirdi. 

29-daqiqa. Ogohlantirish! O'yindagi birinchi kartochka hozircha yagona gol muallifiga ko'rsatildi.

28-daqiqa. Asensioning Kamavingaga oshirgan to'pini yo'lda raqib olib qo'ydi. Hujumga o'tib ketayotgan raqibni esa Toni Kroos fol ishlatib to'xtatib qoldi.  

27-daqiqa. CHap qanotdan uzatmadan so'ng, to'pga chiqib kelgan Tibo Kurtua jamoasini potencial o'ta xavfli vaziyatdan qutqarib qoldi.   

To'pga egalik qilish foiz ko'rsatkichida 59 - 41 mezbonlar foydasiga. 

25-daqiqa. Kazemirodan to'pni olib qo'yish bo'yicha yana bir master klass.  

24-daqiqa. Marko Asensioning zarbasi aniq chiqdi, lekin darvozabon o'z o'rnida.   

21-daqiqa. Mehmonlar ketma-ket ikki bor aniq zarba yo'llashdi, ammo har safar Kurtua to'pni egallab oldi.   

20-daqiqa. "Rayo" o'zining birinchi burchak zarbasini amalga oshirdi. To'pni egallab olgan Tibo tezda jamoasi hujumini boshlab berdi. Biroq Karim Benzema o'zidan o'ngroqdan kelayotgan Kamavingaga uzatgan to'pini himoyachi ilib ketdi.   

19-daqiqa. "Rayo Valekano" maydonning raqibga tegishli yarmida. Kazemiro ajoyib harakat qilib to'pni olib qo'ydi, lekin Kamavinga xatoga yo'l qo'ydi. 

18-daqiqa. "Real"ning to'xtash niyati yo'q. Jamoa bosim uyushtirmoqda, lekin mehmonlar bosimdan bu safar ancha oson chiqib ketishdi. 

Takroriy lavhada esa hech qanday shubhaga o'rin qolmadi - hisob ochildi.




14-daqiqa. GOOOOOL! Asensioning uzatmasidan keyin Toni Kroos ajoyib zarba yo'llab, hisobni ochgandi... Hakam yana o'yindan tashqari holat demoqda. Takroriy lavhani kutishga to'g'ri keladi. 

12-daqiqa. Markazda endi mezbonlar qoidani buzishdi. Kamavinga to'p uchun kurashda Oskar Trexoni yiqitdi.  

11-daqiqa. Asensioning uzatmasidan keyin Benzema to'pni darvozaga yo'lladi, ammo to'p mo'ljaldan ancha yuqorilab o'tib ketdi. 

10-daqiqa. Kazemiroga nisbatan qoida buzildi, aks holda Kurtua darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi.

7-daqiqa. Hozircha "Real" o'yinni to'liq nazorat qilayotgandek, har holda to'p mezbonlar nazoratida. Vinisiusga nisbatan raqib juda keskin harakat qildi, yarim himoyachi jarohat olishi ham hech gapmasdi. 

5-daqiqa. GOOOOOL! O'yindagi birinchi burchak zarbasini mezbonlar amalga oshirdi. Ikkinchi tempda davom etgan hujumda Benzema to'pni boshi bilan Vinisiusga tashlab berdi, braziliyalik mo'ljalda adashmadi, lekin hakam o'yindan tashqari holat qayd etdi.   

3-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda.  

Ilk hujumdayoq mehmonlar gol urib ketishi mumkin edi, ammo Alvaro Garsiyaning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

"Santyago Bernabeu"da mezbonlar asosiy tarkibi o'qib eshittirilmoqda. Tomoshabinlarning kayfiyati chog'. 

Bugungi bellashuvda Karlo Anchelotti Eduardo Kamavinga va Marko Asensioga asosiy tarkibda imkon bermoqda. O'z navbatida, bir nechta ispan nashrlari asosiy tarkibda bo'ladi degani Eden Azar uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshlaydi. CHamasi, belgiyalik iqtidor sohibining Madridda sanoqli kunlari qolgan shekilli.   

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика