La Liga. "Levante" Madriddan uch ochko bilan qaytadigan bo'ldi
30 jan 2021 22:12
Yangiliklar
La Liga. "Levante" Madriddan uch ochko bilan qaytadigan bo'ldi
"Real Madrid" – "Levante" 1:2
30 yanvar, "Estadio Alfredo Di Stefano"
Gollar: 1:0 – 13 Asensio, 1:1 – 32 Morales, 1:2 – 78 Rodjer Marti.
"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Odriosola, Varan, Militao, Kroos, Kazemiro, Azar (Vinisius Junior, 60), Modrich, Asensio (Arribas, 82), Benzema (Mariano Dias, 82).
"Levante" – Fernandes, Miramon, Postigo, Duarte, Klerk, Radoya, Malsa (Rochina, 60), Melero, Leon (Bardi, 60), Rodjer Marti (Vezu, 83), Morales (Dani Gomes, 76).
Ogohlantirishlar: Malsa (50), Melero (72), Kazemiro (90).
CHetlatish: Militao (9).
Real Madrid Marco Asensio - 13' |
LaLiga . 21-tur 30/01/2021, 20:15 2
:
1
Tugadi
|
Levante Jose Luis Morales - 32', Roger Marti - 78' |
Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin
Bosh hakam: David Medie
La Liga turnir jadvali va to'purarlar jadvali
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
SHu pallada hakamning final hushtagi yangradi va "Levante" Madriddan 3 ochko bilan qaytadigan bo'ldi. Etiboringiz uchun tashakkur. Sog' va salomat bo'ling. Yodingizda bo'lsin, futbol bu shunchaki o'yin, asablaringizni asrang!
90+4-daqiqa. Jarima zarbasi belgilandi. Darvozada jamoasini bir necha bor qutqargan Tibo Kurtua, hujumda ham kerakli ishni o'zi amalga oshirish uchun etib borgandi, ammo uzatma qovushmadi va so'nggi imkoniyat ham ko'kka sovurildi.
90+2-daqiqa. Arribasning faolligidan keyin to'p Marianoga etib bordi, ammo Diasga himoyachilar imkon qoldirishmadi.
90+1-daqiqa. Xavfli nuqtadan jarima zarbasi amalga oshirildi va "Real" futbolchilari chinakamiga jonli devor vazifasini bajarib, to'pni o'tkazishmadi.
90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
Etiborli jihati, "Real Madrid" va "Barselona" so'nggi yillarda odatga aylangani, qolganlarni "unutgan" holda, faqat o'zaro kurashga diqqatlarini qaratishgan. Ammo birgina farq, bu safar "Atletiko Madrid" deyarli qoqilmay, ochkolarni to'plab ketmoqda.
Tasodifmi yoki yo'q, lekin mehmonlar ustozi gol urganlarni maydondan olib tashlamoqda.
83-daqiqa. O'zgarish! "Levante"ning ikkinchi goli muallifi ham o'yindan olindi.
Serxio Arribas uchun bu asosiy jamoa safida La Ligadagi debyut sifatida tarixda qoladi.
82-daqiqa. O'zgarish! "Real" bir yo'la ikki futbolchini alishtirmoqda. Asensio va Karim Benzema o'rniga Arribas va Mariano o'yinga qo'shildi.
78-daqiqa. GOOOOL! Penaltidan gol urolmagan Rodjer o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
78-daqiqa. "Levante" o'sha bir nafar "ortiqcha" futbolchisi hisobiga vaziyat yaratishga urinmoqda. Hujumni yakunlovchi zarbani Gonsalo Melero amalga oshirdi, lekin Toni Kroos to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Burchak zarbasi.
77-daqiqa. Vinisius raqibni aldamoqchi bo'lib, o'zini aldab qo'ydi va qoida buzishga majbur bo'ldi.
76-daqiqa. O'zgarish! "Levante" tarkibida gol muallifi Xose Luis Morales o'rnini Dani Gomesga bo'shatib berdi.
74-daqiqa. Raqib himoyadan chiqayotganida to'pni olib qo'ygan "Real" futbolchilari o'ng qanotdan hujumni rivojlantirishdi, lekin Vinisius faqatgina burchak to'pi bilan cheklandi.
72-daqiqa. Ogohlantirish! Katta tezlik olgan Vinisiusdan to'pni olib qo'yolmagan Gonsalo Melero o'ta keskin harakat bilan qoidani buzdi va hakam tomonidan ogohlantirildi.
70-daqiqada "Real" bugungi birinchi burchak zarbasini amalga oshirdi. To'p uzoq burchakda ochilgan Marko Asensiogacha etib bordi, lekin uning zarbasini himoyachi "bloklashga" muvaffaq bo'ldi, keyin esa darvozabon chaqqon harakat qildi.
69-daqiqa. Vinisius to'pni olib qo'yib, o'yinni raqib darvozasi yaqiniga ko'chishiga erishdi.
67-daqiqa. Kazemiro to'pni qaytarayotgan pallada raqib vakili unga nisbatan qo'pol o'ynadi.
Agar bugun "Qirollik klubi" amallab maqsadiga erishib, g'alabani ilib ketsa, mehmonlar Rodjer Martiga ayniqsa "rahmat" deb qo'yishsa kerak.
64-daqiqa. KURTUAAAA! Rodjerning kuchli zarbasini Tibo qaytarib yubordi va hisob o'zgarmay qoldi.
"Real" futbolchilari etirozlarini yashirib o'tirishmayapti.
61-daqiqa. PENALTI! Hozirgina o'yinga qo'shilgan Vinisius himoyada qovun tushirdi. To'pga intilgan Vinni raqibni yiqitib yubordi.
60-daqiqa.O'zgarish! Eden Azar o'rniga Vinisius, Mikael Malsa o'rniga Ruben Rochina hamda Serxio Leon o'rniga Enis Bardi maydonga tushirildi.
59-daqiqa. Asensioning uzatmasidan keyin Luka Modrich uzoq masofadan kuchli zarba yo'lladi, lekin to'p ancha yuqoridan o'tib ketdi.
58-daqiqa. "Levante" raqib himoyasida bo'sh zona topa olmadi va oxiri to'pni oldirib qo'ydi.
56-daqiqa. Navbatdagi burchak zarbasi esa avvalgilaridan uncha farq qilmadi.
55-daqiqa. Morales chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi, lekin so'nggi pallada Odriosola to'pni maydondan chiqarib yubordi.
53-daqiqa. "Levante" himoyachisining xatosidan keyin to'pni egallab olgan Toni Kroos darhol uni Benzemaga uzatdi, lekin Karim negadir zarba berishga jazm etmadi. Oqibatda qulay imkoniyat ko'kka sovurildi.
50-daqiqa. Modrichga nisbatan qoida buzildi. Jarimadan Kroosning uzatmasi esa Benzemaga etib borishiga himoyachilar yo'l qo'ymadi.
49-daqiqa. "Real" to'pni o'zida saqlab turib, sekin-asta oldinga o'tish imkoniyatlarini qidirmoqda.
Bu borada hisob 5:0 "Levante" foydasiga. Standartdan keyin Moralesning zarbasiga aniqlik etishmadi.
47-daqiqa. Mehmonlarning ikkinchi bo'limdagi birinchi urinishi burchak zarbasi bilan yakunlandi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Markazda Kroos o'ziga nisbatan qo'pollik ishlatildi deb to'xtab qolgandi, lekin hakam ham jim.
Vinisius maydonga tushishga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Yaqin daqiqalarda aynan braziliyalik futbolchi "Real" o'yinini kuchaytirish maqsadida jangga tashlansa ajabmas.
45+1-daqiqa. SHu tariqa, ancha voqealarga boy bo'lgan birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!
Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. Varan tufayli to'xtalish yuzaga keldi.
45-daqiqa. To'p uchun kurashda kech olgan Rodjer raqibini qo'yib yuborishni istamadi va qo'shimchasiga yiqilayotgan Varanning boshini bosib olay dedi.
43-daqiqa. "Levante" navbatdagi burchak to'pi ishlab oldi. Ammo hozircha ulardan naf bo'lmayapti.
42-daqiqa. Avvaliga Kroos, keyin Kazemiro jarima maydoni oldiga to'p bilan etib kelib yiqilib tushishdi, lekin hakam har ikki safar ham qoida buzilmadi deb topdi.
40-daqiqa. Odriosola bugun Karvaxalning yo'qligini sezdirmaslikka qo'lidan kelgancha urinmoqda, hujumlarga faol qo'shilyapti. Lekin bu safar uning qanotdan amalga oshirgan uzatmasi sherigiga aniq etib bormadi.
38-daqiqa. Jarima zarbasidan oshirilgan to'pga Kazemiro etib olganda, darvozabon qarshisida yolg'iz qolib ketardi.
36-daqiqa. "Levante" raqib jarima maydoniga yaqin hududga joylashib olgach, "Real" bir kishi kamligi sezilib qolmoqda, muntazam ravishda mehmonlar zarba berish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lishyapti. Bu safar ham himoyaga o'tgan Kazemiro majburan tayanch yarim himoyachi zonasini yopishga uringanda, raqib futbolchilari himoya markazida ochiq qolgan zonaga to'pni uzatishda va Rodjer yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi. Bu safar ham Kurtua o'zini ko'rsatdi.
34-daqiqa. "Levante" to'pni o'zida saqlab turibdi.
32-daqiqa. GOOOOOOOOL! Xose Luis Morales hisobni tenglashtirdi! Miramonning uzatmasi bu safar samarali bo'lib chiqdi. Odriosola ikki raqib o'rtasida qolib ketdi va uzoq burchakdagi Morales raqibni kechirmadi.
30-daqiqa. Benzema o'zini dribling ustalaridek his qilib yubordi shekilli, raqibini aldamchi harakatlar bilan dog'da qolishga ancha urindi, lekin to'p qolib ketdi.
Xavfli vaziyat! Markaziy himoyachi zonasiga qaytib, harakat qilayotgan Kazemiro zo'r uzatmani amalga oshirdi va Marko darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo oxirgi pallada zarba bera olmay qoldi. Aks holda hisob o'zgarishi mumkin edi.
27-daqiqa. Qizil kartochkaga qaramay, "qaymoqranglilar" himoyadan qisqa masofaga uzatmalar orqali chiqishga urinishyapti.
Navbatdagi hujumda Marko Asensio to'pni egallab zarba uchun imkon topdi, ammo uning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi.
25-daqiqa. Mendining xatosidan keyin Rodjer ketma-ket ikki bor zarba yo'lladi, lekin Tibo Kurtua jamoasi joniga oro kirib, muqarrar goldan qutqarib qoldi.
22-daqiqa. "Levante" yana bir bor Kurtua darvozasiga xavf solishga urinib ko'rdi, o'ng qanotdan uzatmadan keyin Alvaro Odriosola raqibiga aniq zarba berishga imkon qoldirmadi.
21-daqiqa. Azar, Asensio va Mendi chap qanotda qisqa masofada to'pni raqibga bermay, ushlab turishibdi.
19-daqiqa. "Levante" burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatmadan keyin Varan baland sakrab, xavfni bartaraf etdi.
17-daqiqa. "Levante" futbolchisi hujumda qoidani buzdi deb topildi.
15-daqiqa. Bir kishi kam bo'lgan "Real" hujum uyushtirayotganda "Levante" butun tarkibi bilan himoyaga qaytmoqda. Qiziq holat.
Ushbu vaziyatda Toni Kroosning zargarona uzatmasini ham qayd etib qo'yish lozim.
13-daqiqa. GOOOOOOOL! Marko Asensio hisobni ochdi! Ispaniyalik futbolchi qarshi hujumda maydon markazidan qochib ketdi, bir raqibi taqib etganiga qaramay, Markoning zarbasi aniq va "Real" hisobda oldinga chiqib oldi.
11-daqiqa. "Real" o'ng qanotdan hujum uyushtirishga urinib ko'rdi, Odriosolaning uzatgan to'pi Benzemaga kelib tushdi, lekin franciyalik futbolchi to'pni o'ziga o'nglashda muammoga duch keldi.
9-daqiqa. Ana xolos! "Real"ga yordam beradi deyiladigan "VAR" yordamida vaziyatni takroran ko'rgan bosh hakam Eder Militaoga sariq emas, qizil kartochka ko'rsatdi!
6-daqiqa. Burchak zarbasidan foyda chiqara olishmadi, aksincha, mezbonlar qarshi hujumga qochib ketishdi. Uch futbolchi oldinga o'tdi va Azarning kutilmaganda amalga oshirgan ajoyib uzatmasidan keyin Karim Benzema gol urishiga darvozabon yo'l qo'ymadi.
5-daqiqa. O'ng qanotdan Xorxe Miramon oldinga o'tib ketayotgandi, lekin Mendi tezligini ishga solib, to'pni maydondan chiqarib yubordi.
4-daqiqa. Sal qolishiga azgina qoldi. Kurtua negadir Militao bo'lsada, to'pga chiqib keldi va xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin braziliyalik himoyachi ishonchli o'ynadi.
2-daqiqa. Hozircha to'p asosan maydon markaziga yaqin hududda "aylanib yuribdi". Goh u jamoa, goh bunisi uzatmada xatoga yo'l qo'ymoqda.
1-daqiqa. "Real Madrid" hujumga o'tishga urinib ko'rdi, lekin hujum boshlanmay yakunlanib qoldi.
O'yinni boshlashga hamma narsa shay va hakamning hushtagi yangradi!
Har ikki jamoa azolari maydonga tushib kelishmoqda, stadion uzra mezbonlar madhiyasi yangramoqda.
Bugun anchayin kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan Alvaro Odriosola hamda Eder Militao asosiy tarkibga kiritildi. Albatta buning sababi jarohatlar, aks holda Zidan jamoa sardorini braziliyalik himoyachiga alishtirmasa kerak edi.
Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.
"Real Madrid" – "Levante"
20.15, "Estadio Alfredo Di Stefano"
"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Odriosola, Varan, Militao, Kroos, Kazemiro, Azar, Modrich, Asensio, Benzema.
"Levante" – Fernandes, Miramon, Postigo, Duarte, Klerk, Radoya, Malsa, Melero, Leon, Roxer Marti, Morales.
Fikrlar