La Liga rahbari “Barsa” bilan bog'liq mojaro haqida: “Men uchun uyat. Ulardan hech qanday izoh bo'lmadi”
14 mar 2023 09:30
Yangiliklar
La Liga rahbari “Barsa” bilan bog'liq mojaro haqida: “Men uchun uyat. Ulardan hech qanday izoh bo'lmadi”
Barselona prokaraturasi klub hamda uning sobiq rahbarlari Jozep Bartomeu va Sandro Roselga nisbatan texnik hakamlar qo'mitasi (CTA) sobiq vice-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga pora berishi ayblovi bilan sudga murojaat qilgandi.
La Liga rahbari bu ispan futboli tarixidagi eng yomon holatmi, degan savolga javob qaytardi.
"Ha, yodimda bo'lganlari ichida. Bu eng jiddiy muammo hisoblanadi. CTA vice-prezidentiga qandaydir to'lovlar bo'lgan, “Barselona” buni tan oldi. Bu qandaydir normal holat emas. SHu sababdan keskinlik yuzaga keldi, buni tushunsa bo'ladi. O'rtaga futbolimiz obro'si qo'yilgan.
Men uchun uyat. Uyatdaman. “Barselona”dan hech qanday izoh yo'q. Direktorlar kengashining dastlabki bayonoti bor. Ular buni hamma qilgan, deyishmoqda, ammo unday emas.
Bu vaziyatda hujum qilish (boshqalarga) yoki kimnidir qurbon qilish – to'g'ri qaror emas. Agar ular vaziyatni aniqlashtirsa, barchamizga oydinlik kiritishgan bo'lardi”, deydi Tebas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar