La Liga nomi va logotipi o'zgardi
05 iyu 2023 18:33
Yangiliklar
La Liga nomi va logotipi o'zgardi
Video-o'yinlar giganti "EA Sports" 2023/2024-yilgi mavsumdan boshlab Ispaniya chempionati titul homiysiga aylandi.
Kompaniya Ispaniya banki hisoblangan "Santander"ni alishtiradi. Bank va liga o'rtasidagi hamkorlik muddati yakuniga etdi.
Ispaniyaning "Marca" nashri xabar berishicha, Electronic Arts bilan shartnoma 5 yilga mo'ljallangan. Yillik to'lov summasi esa 30 mln evroni tashkil qiladi. SHu o'rinda qayd etish kerak, 2016 yildan buyon La Liga homiysi bo'lib kelgan "Santander" banki yiliga 17 mln evrodan to'lab kelgan.
Yangi mavsumda chempionat nomi "La Liga EA Sports"ga o'zgaradi va musobaqa logosi ham boshqacha dizaynda bo'ladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar