So’nggi yangiliklar

20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  26 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  0 19:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  10 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  4 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  4 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  16 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0

La Liga. "Real Madrid" mavsumning ilk turida ochko yo'qotdi Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" mavsumning ilk turida ochko yo'qotdi

Teglar :  MalorkaReal Madrid
La Liga 1-tur doirasidagi "Malorka" - "Real Madrid" o'yini yakunlandi.

"Malorka" — "Real Madrid" 1:1

Gol: 0:1 – 13 Rodrigo, 1:1 – 53 Muriki.

Malorka – Greyf, Moxika, Railo, Valent, Maffeo, Samu Koshta, Maskarel (Kopete, 90+3), Darder (Morlanes, 72), Dani Rodriges (Sanches, 67), Muriki, Asano (Larin, 72).

Real Madrid – Kurtua, Mendi, Ryudiger, Militao, Karvaxal (Vaskes, 87), Bellingem (Gyuler, 88), Tchuameni (Modrich, 63), Valverde, Vinisius Junior (Braim Dias, 88), Mbappe, Rodrigo.

Ogohlantirishlar: Arrasate (45+3), Maffeo (45+3).

CHetlatish: Mendi (90+7).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+9. Mendi Murikiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun chetlatildi.

90+4. Modrichning zarbasi ancha yuqorilab ketdi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Malorka"ning yana bir xavfli hujumi noaniq zarba bilan yakunlandi.

87. "Malorka"ning hisobda oldinga chiqib olishiga bir bahya qoldi. So'nggi zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

81. Modrichning zarbasini Greyf ushlab qola olmadi, mezbon himoyachilar to'pni tepib yubordi.

79. "Real Madrid" burchak zarbasi ishlab oldi. Modrichning uzatmasini "Malorka" posboni urib yubordi.

74. "Malorka" futbolchilari Murikiga havodan to'pni etkazish orqali xavf yaratishmoqda. Bu safar "Real" himoyachilari ishonchli harakat qilishdi.

70. Xavfli vaziyat! Mbappening chap oyoqda yo'llagan zarbasini "Malorka" darvozaboni qaytargan, qaytgan to'pga mezbonlar himoyachisi ulgurmaganda, Rodrigo bo'sh darvozani ishg'ol qilishga tayyor edi.


68. "Malorka" futbolchisining kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

63. "Real"da o'zgarish: Modrich Tchuamenini almashtirdi. 

62. Xavfli vaziyat! Mbappening zarbasini "Malorka" darvozaboni egallab oldi.

61. Vinisiusning chap qanotdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

56. Xavfli vaziyat! Yana Muriki, yana bosh bilan zarba. Bu safar Kurtua ishonchli harakat qildi.

53. GOL! Burchakdan uzatilgan to'pni Muriki bosh bilan "Real Madrid" darvozasiga joylab qo'yib, hisobni tenglashtirdi. 


49. Valverdi katta tezlikda raqibidan o'tib ketib, Mbappeni oldinga boshladi, biroq uning uzatmasi noaniq ko'rinish oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. Xavfli vaziyat! Mezbonlar hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Dastlab Asano, so'ngra Muriki zarba yo'lladi, Kurtua va Ryudiger to'pni qiyinchilik bilan qaytardi.

36. Xavfli vaziyat! Madridliklarning navbatdagi hujumi golga ayylanishiga bir bahya qoldi. So'nggi lahzada mezbonlar Mbappega kelayotgan to'pni qaytarishdi.

30. Jamoalar chanqoqlarini bostirib olishmoqda.

25. Xavfli vaziyat! Vinisiusning ajoyib pasidan so'ng Mbappe to'xtatmasdan zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

21. Xavfli vaziyat! Ryudiger uzoq masofadan raqib darvozasini nishonga oldi, uning urinishi biroz noaniq ko'rinish oldi.

18. "Malorka"ning xavfli hujumiga yakuniy zarba beradigan futbolchi topilmadi.  

13. GOL! Madridliklarning kombinacion hujumini Rodrigo muvaffaqiyatli yakunlab, o'tgan mavsumdagi singari klubning La Ligadagi ilk goliga mualliflik qildi. 


9. Vinisius chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirib bordi va Mbappega pas berishga urindi, ammo raqib himoyachilari vaziyatni anglab oldi.

6. Mbappe tezligini namoyish etib, to'p bilan oldinga yugurdi va raqib jarima maydonida yiqildi. Biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

5. Yana bir xavfli zarba! Bu safar Kurtua raqib futbolchisining kuchli zarbasini qaytardi.

5. Dani Rodriges raqib jarima maydoni ichida chap oyoqda xavfli zarba yo'lladi. To'p Kurtua qo'riqlayotgan darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

1. "Malorka"ning dastlabki hujumiyoq zarba bilan yakunlandi. To'p madridliklar himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

1. Uchrashuv boshlandi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Malorka" qizil-qora, "Real Madrid" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика