So’nggi yangiliklar

12:36"Қўқон-1912" сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 11:18Варди - А Сериядаги илк голи ҳақида: "Бахтдан еттинчи осмондаман!"  0 10:48"Бавария" топ-5 лига клублар орасида тарихдаги энг яхши натижани қайд этди   7 10:15Бруну Фернандеш: "Криштиану билан вазият, Саудия Арабистони ва бошқа ҳамма нарса ҳақида гаплашдим"  3 09:44Роналду қандай қилиб, 40 ёшда ҳам яхши спорт формасини ушлаб тургани ҳақида гапирди  2 09:1538 ёшли Жейми Варди А Серияда дебют голини урди  2 09:12"Реал Мадрид" ва "Барселона". Эҳтимолий таркиблар ва бугун жамоага ёрдам бера олмайдиган футболчилар билан танишинг  11 08:46"Манчестер Юнайтед" афсонаси АПЛ шон-шуҳрат залидан жой олди  1 08:15Суперлига. Бугун Олмалиқда турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  11 07:48Бугун "Эл Классико"! "Реал" ва "Барселона"нинг бугунги учрашув қайдномаси билан танишинг  17 06:55Суперлига. "Қўқон-1912" – "Навбаҳор" 2:0  0 02:14АПЛ. "Брентфорд" ва "Ливерпуль" ўртасидаги шиддатли баҳсда дарвозаларга 5 та тўп киритилди  14 02:06Баҳрайн — 2025. III Осиё ўйинлари. Ўзбекистон Хитой билан дуранг ўйнади  4 01:42Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср" меҳмонда "Ал Хазем"ни енгди, Феликс ва Роналдудан гол  1 00:44Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд"да ғалаба  1

La Liga. "Barselona" "Valensiya"ni mag'lub etdi va chempionlik uchun kurashni davom ettiradi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" "Valensiya"ni mag'lub etdi va chempionlik uchun kurashni davom ettiradi

Ispaniya chempionati 34-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Valencia

Gabriel Paulista - 50', Carlos Soler - 83'

LaLiga . 34-tur

03/05/2021, 01:00

3
:
2
Tugadi

Barcelona

Lionel Messi - 57', Antoine Griezmann - 63', Lionel Messi - 69'

Stadion: Estadio Mestalla, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
35'  Uros Racic
50'  Gabriel Paulista
50'  Carlos Soler
56'  Toni Lato
64'  Toni Lato (Mouctar Diakhaby)
79'  Uros Racic (Kevin Gameiro)
79'  Hugo Guillamon (Christian Oliva)
83'  Carlos Soler
83'  Christian Oliva
57'  Lionel Messi
57'  Lionel Messi
63'  Antoine Griezmann
65'  Marc-Andre ter Stegen
69'  Lionel Messi
75'  Pedri (Ilaix Moriba)
75'  Sergino Dest (Sergi Roberto)

YANGILASH

"Valensiya" – "Barselona" 2:3

"Mestalya"

Gollar: 1:0 – 50 Gabriel Paulista, 1:1 – 57 Messi, 1:2 – 63 Grizmann, 1:3 – 69 Messi, 2:3 – 83 Soler.

"Valensiya" – Sillessen, Toni Lato (Diakabi, 64), Gilyamon (Gameyro, 79), Gayya, Vass, Gedesh, Rachich (Oliva, 79), Gabriel Paulista, Soler, Terri Korreyya, Maksi Gomes.

"Barselona" – ter Stegen, Dest (Serdji Roberto, 75), Arauxo, Langle, Alba, de Yong, Buskets, Pedri (Moriba, 75), Pike, Messi, Grizmann.

Ogohlantirishlar: Rachich (35), Toni Lato (56), ter Stegen (65).



O'YIN YAKUNLANDI!

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

85. Kutilmaganda o'yinda uyg'onish sodir bo'ldi. Gol urgan "Valensiya" endi hisobni tenglashtirishga intilmoqda.

83. GOOOL! Solerning super zarbasidan so'ng hisob qisqardi. Karlos 25-30 metr uzoqlikdan Ter SHtegen darvozasini nishonga oldi va maqsadiga erishdi.

82. To'p yana "Valensiya" futbolchisining qo'liga tegdi, ammo bosh hakam bu safar penalti bermaslikka qaror qildi.

79. Messi boshlagan hujum muvaffaqiyatsiz yakun topdi. Uning uzatmasini raqib ilib ketdi.

68. GOOL! Messi 23 metr uzoqlikdan darvozani ishg'ol qildi. Leo o'z hisobiga navbatdagi jarima zarbasidan urilgan golni yozib qo'ydi. Argentinalik forvardning zarbasidan so'ng to'p o'ng ustunga tegib, darvozaga kirib ketdi.

67. Bugun Leo jarimadan gol urmay maydonni tark etmasa kerak. "Valensiya" futbolchilari Leoni jarima maydonchasi yaqinida yiqitishda va hakam fol qayd etdi.

63. GOOOL! Grizmann "Barselona" hisobda oldinga chiqib olishini taminladi. Avvaliga to'p qanotdan jarima maydonchasiga uzatildi, Albaning uzatmasidan so'ng De Yong bosh bilan hamyurti darvozasiga zarba berdi. Yasper qaytargan to'pni Grizmann bo'sh darvozaga joylab qo'ydi.

57. GOOOL! Lekin penaltidan emas. Silessenn Leoning zarbasini qaytardi, keyin Buskets qaytgan to'pni jamoadoshiga uzatdi, Pedrining zarbasi qaytarildi va nihoyat Messi gol urdi.

56. Penalti! "Valensiya" futbolchisi o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi. To'p qarshisida Messi.

54. Dembele mashg'ulotlarni boshlab yubordi. Ha, Usmonsiz ishlar yurishmayapti.

52. Yana bir xavfli hujum... Terri Korreaning zarbasidan so'ng to'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

50. GOOOL! Burchak uzatmasidan so'ng Gabriel Paulista bosh bilan hisobni ochdi. O'sha vaziyatda hamma to'xtab qoldi va Ter SHtegen yiqilib, hakamdan bir nimalarni so'radi. Hammasini VAR tekshirib ko'radi. Gol hisobga olindi.

49. Gonsalo Gedeshning tezkor qarshi hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo Ter SHtegen raqib futbolchisining zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

44. Albaning navbatdagi uzatmasi va navbatdagi omadsizlik. Ha, aytgancha, bugun "Barselona"ni Ronald Kumanning yordamchisi boshqarmoqda. CHunki o'tgan bahsda niderlandiyalik mutaxassis chetlatilgan edi.

40. "Barselona" futbolchilari yana bir o'ta xavfli vaziyatdan gol ura olishmadi. Alba chap qanotdan to'pni markazga uzatdi, ammo to'pni darvozaga burib qo'yadigan mard topilmadi.

35. Urosh Rachich raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

31. Zarbaaaa... Messi tepgan to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

30. Messi raqib jarima maydonchasi oldida fol ishlab oldi va bu nuqtadan o'yindagi hisobni ochishi mumkin.

24. Alba o'z darvozaga zarba beradigan vaziyatda to'pni Messiga uzatishga qaror qildi. Uzatma yo'liga "Valensiya" futbolchisi to'g'anoq bo'ldi va hujum bartaraf etildi.

20. Arauxoning xatosidan so'ng "Valensiya" tezkor qarshi hujumga o'tdi, biroq Gayyaning zarbasidan so'ng to'p ustun yonidan o'tib ketdi.

18. Mehmonlarning xavfli hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo Antuanning chap qanotdan markazga uzatgan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

12. "Barselona" raqib jarima maydonchasi oldida standart vaziyat ishlab olishdi. Messi zarba bermadi, uzatma amalga oshirdi. To'pga Arauxo zarba berdi, ammo hozirgi kunda "Valensiya" sharafini himoya qilayotgan Kataloniya klubi sobiq posboni Silessen to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

7. CHempionlik uchun kurashayotgan "Real" va "Atletiko" ushbu turda g'alabaga erishishdi. "Barselona" o'z imkoniyatlarini saqlab qolishi uchun g'alaba qozonishi lozim.

3. XAVFLI VAZIYAT! Messi boshlab bergan hujumni Pedri o'ng oyog'i bilan yakunlashi mumkin edi, ammo uning zarbasidan so'ng to'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

1. Uchrashuv boshlandi.


"Valensiya" – "Barselona"

00.00, "Mestalya"

"Valensiya" – Sillessen, Toni Lato, Gilyamon, Gayya, Vass, Gedesh, Rachich, Gabriel Paulista, Soler, Terri Korreyya, Maksi Gomes.

"Barselona" – ter Stegen, Dest, Arauxo, Langle, Alba, de Yong, Buskets, Pedri, Pike, Messi, Grizmann.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика