So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  1 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  1 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  2 09:50"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топиб қўйди  2 09:45Игорь Шквирин: "Гуруҳда рақобат кучли, хатолардан керакли хулоса чиқарилмаса қимматга тушади"  3 09:14"Реал Мадрид" МЮ футболчисини сотиб олиши мумкин  1 08:40ФИФА президенти ўзининг расмий саҳифасида Ўзбекистонда футбол жадал суръатда ривожланаётганини эътироф этди   4 08:04Гвардиола бир шарт билан Италия клубларидан бирини бошқаришга розилигини маълум қилди  1 07:36Модричнинг "Реал Мадрид"даги келажаги маълум  0 01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  2 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  4 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   23 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  11 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2

La Liga. Pedrining goli "Barselona"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

La Liga. Pedrining goli "Barselona"ga g'alaba keltirdi

Teglar :  BarselonaSelta
Ispaniya La Ligasining 8-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Selta" uchrashuvi yakuniga etdi.

Barcelona

Pedri - 17'

LaLiga . 8-tur

10/10/2022, 00:00

0
:
1
Tugadi

Celta Vigo

Stadion: Spotify Camp Nou, 81525 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Munuera

45'
90'
17'  Pedri
63'  Ferran Torres (Ansu Fati)
63'  Pedri (Frenkie de Jong)
64'  Raphinha (Ousmane Dembele)
71'  Jordi Alba
77'  Alex Balde (Sergi Roberto)
85'  Sergio Busquets
86'  Jordi Alba (Eric Garcia)
61'  Unai Nunez
70'  Joseph Aidoo
71'  Oscar Rodriguez
75'  Joergen Strand Larsen (Carles Perez)
75'  Gabriel Veiga (Augusto Solari)
84'  Franco Cervi (Goncalo Paciencia)
90'  Hugo Mallo (Oscar Mingueza)
90'  Agustin Marchesin

"Barselona" – "Selta" 1:0

"Kamp Nou"

Gol: 1:0 – 17 Pedri.

Barselona – ter Stegen, Balde (Serdji Roberto, 77), Pike, Alonso, Alba (Erik Garsiya, 86), Buskets, Pedri (de Yong, 63), Gavi, Levandovski, Rafinya (Dembele, 64), Ferran Torres (Fati, 63).

Selta – Marchesin, Malo (Mingesa, 90), Nunes, Aydu, Galan, Servi (Pasiensiya, 84), Oskar Rodriges, Beltran, Veyga (Solari, 75), Aspas, Larsen (Karles Peres, 75).

Ogohlantirishlar: Nunes (61), Aydu (70), Alba (71), Oskar Rodriges (71), Buskets (85).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+. Ter SHtegendan seyv, ammo bu harakat hisobga olinmaydi, chunki mehmon jamoa futbolchisi ofsaydda qolgan ekan.

90+. "Selta"dan navbatdagi o'ta xavfli hujum. Zarbadan so'ng to'p ustunga tegib, qaytdi. Ammo oldinroq hakam bayroqchasin ko'tarib bo'lgan ekan.

90+. Dembele katta tezlikda qarshi hujum tashkil qildi, ammo so'nggi uzatmani berishni eplay olmadi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. Ayni damda "Selta" "Barselona" darvozasiga "shturm" uyushtirmoqda.

84. ASPAAAAS! Yago darvozaga juda yaqin masofada to'pni egallab oldi va darvozaga zarba berdi. Ter SHtegen qiyinchilik bilan to'pni qaytarib qoldi.

83. Dembeledan kuchli zarba, ammo posbon to'pni egallab oldi

79. Usmon keyingi daqiqadayoq yaxshi hujum boshladi, ammo Robertoning uzatmasi manziliga etib bormadi.

78. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Dembele "ko'rinmas odam" ro'lini ijro etib beryapti. U biror tuzukroq vaziyatda ishtirok etmadi.

70. GOOL... YO'Q. "Selta" urgan gol hisobga olinmadi. Pas berilgan vaziyatda Beltran ofsaydda ekan.

68. "Barselona" to'pni birinchi bo'limdagidek nazorat qila olmayapti. "Selta" katta kuch bilan hujum qilmqda va bazi hujumlar xavfli zarbalar bilan yakun topyapti.

63. "Barselona" safida uchta o'zgarish: Fati, Dembele va De Yong maydonga tushishdi. Pedri, Torres va Rafinyalar zaxiraga olindi.

59. "Barselona" o'z jarima maydonchasidan chiqib keta olmayapti. "Selta"ning ketma-ket hujumlari mezbon jamoa vakillarini shoshirib qo'ymoqda.

54. ZARBAAA! Uch futbolchi to'pga zarba berdi, Pike bosh bilan, Torres va Levandovski oyoq bilan, ammo uchchala futbolchi ham darvozani ishg'ol eta olmadi.

50. Ter SHtegen jarohat olgan ko'rinadi, shifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda. Takroriy lavhada darvozabon to'p uchun kurashda qatnashgani ko'rsatildi. Mezbon jamoa vakillari shikastlanish jiddiy emasligiga umid qilishmoqda. Nemis posboni bahsni davom ettiryapti.

47. OSKAAAR! "Selta" yarim himoyachisi hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo Rodrigesning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

46. Bizda ikkinchi taym boshlandi. Hozircha hisob 1:0, "Barselona" oldinda.

TANAFFUS!

41. VARdagilar ham fol yo'qligini aytishdi, braziliyalik g'azabda va emociyalarini hakam "bilan bo'lishyapti".

40. Rafinya yiqitildi, hakam xushtak chalmadi. Ammo VAR bor va video orqali hammasini ko'rib chiqishadi.

27. Gavi "podkat" tashlash bo'yicha qo'llanma yozsa bo'larkan. U ikkinchi marta shu yiqilishi bilan to'pni olib qo'ymoqda.

17. GOOOL! Hujumchilar eplay olmagach yarim himoyachi bo'lgan Pedri gol urdi. Gavi chap qanotdan to'pni markazga uzatdi, himoyachi uni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi, Pedri esa bo'sh darvozani ishg'ol qildi. 1:0.

13. Torres yana gol ura olmadi. Bu safar Busketsning ajoyib pasidan so'ng qulay vaziyatga chiqqan Ferran raqib darvozasining uzoq burchagiga zarba berishga urindi, ammo to'p u o'ylagan traektoriya bilan uchmadi.

12. Levandovskining bosh bilan bergan zarbasi aniq, ammo kuchsiz chiqqani tufayli darvozabon to'pni egallab oldi.

10. ZARBAAAA!!! Rafinya taxminan 25 metr uzoqlikdan "Selta" darvozasini ishg'ol qilishga urindi. Biroq Marchesin bir amallab to'pni qaytarishga erishdi.

7. TORRESSS! Xordi Alba qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi, paslab kelayotgan to'pni Ferran darvozaga burib yubora olmadi.

5. Burchak to'pi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

4. Buskestning uzatmasidan so'ng Ferran Torres o'z jamoasiga burchak to'pi ishlab berdi.

1. O'yinga start berildi.

- Bahs boshlanishidan avval yaqinda vafot etgan Kataloniya sobiq futbolchisi Joan Moral xotirasiga sukut saqlandi.

- Xayrli kech, "Barselona" muxlislari hali ham uxlamay, sevimlilari o'yinini kutib o'tirgani aniq.

"Barselona" — "Selta"

Barselona – ter Stegen, Balde, Pike, Alonso, Alba, Buskets, Pedri, Gavi, Levandovski, Rafinya, Ferran Torres.

Selta – Marchesin, Malo, Nunes, Aydu, Galan, Veyga, Oskar Rodriges, Servi, Beltran, Aspas, Larsen.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика