La Liga. “Barselona” Bilbaodan uch ochko bilan qaytadi
29 okt 2017 01:42
Yangiliklar
La Liga. “Barselona” Bilbaodan uch ochko bilan qaytadi
Uchrashuvning 26-daqiqasida Messi jamoasining hujumini boshladi va to'pni chap qanotdagi sherigi Albaga uzatdi. Qanot himoyachisi raqib jarima maydonchasiga yaqinlashdi va to'pni aynan Messiga qaytardi. Leo esa o'zining afsonaviy chap oyog'ida kuchli va aniq zarba yo'llab, o'yinda hisobni ochdi. Goldan keyin ham har ikkala tomonda ko'plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Ayniqsa, mezbonlarning bir biridan xavfli zarbalarini “Barsa” posboni Ter SHtegen ajoyib “seyv”lar orqali bartaraf etib turdi. Mehmonlar o'yinning so'nggi daqiqalarida raqibni qarshi hujumda jazolashdi. Paulino darvozabon qaytargan to'pni osonlik bilan bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi – 0:2.
Ispaniya chempionati, 10-tur.
Atletik – Barselona 0:2
Gollar:0:1 – 36 Messi, 0:2 – 90 Paulino
Atletik – Arrisabalaga, Nunes, Laport, Inigo Lekue, Boveda, San Xose (Benyat, 68), Kordoba, Iturraspe, Raul Garsiya, Inyaki Uilyams (Susaeta, 83), Aduris.
Barselona –ter Stegen, Alba, Pike, Umtiti, Paulino, Serdji Roberto, Andre Gomesh (Nelson Semedu, 83), Buskets, Rakitich, Suares, Messi.
Ogohlantirish:Iturraspe (41), Buskets (47), Pike (63), Paulino (75), Umtiti (81).


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar