So’nggi yangiliklar

21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  0 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  0 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  1 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  5 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  3 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7

La Liga. Bellingemdan dubl+assist va "Real" jadvalda birinchi o'ringa ko'tarilmoqda Yangiliklar

La Liga. Bellingemdan dubl+assist va "Real" jadvalda birinchi o'ringa ko'tarilmoqda

La Liganing 2-turi doirasida "Almeriya" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Almeriya – Real Madrid 1:3
19 avgust, "Mediterraneo" stadioni
Gollar: 1:0 – 3 Arribas, 1:1 – 19 Bellingem, 1:2 – 60 Bellingem, 1:3 – 73 Vinisius Junior

"Almeriya" – Luish Mashimianu, Pubil (Poso, 69), Edgar Gonsales, CHumi, Akeme, Robertone (Melero, 70), Baba (Lazaro, 90), Arribas (Puchmal, 90), Embarba, Ramazani (Kone, 61), Suares.

"Real Madrid" – Lunin, Karvaxal, Alaba, Ryudiger, Fran Garsiya, Kroos (Kamavinga, 72), Valverde (Vaskes, 90), Tchuameni, Bellingem (Xoselu, 81), Vinisius Junior (Braim Dias, 90), Rodrigo (Modrich, 72).

Ogohlantirish: CHumi (59).


Almeria

Sergio Arribas - 3'

LaLiga . 2-tur

19/08/2023, 23:30

3
:
1
Tugadi

Real Madrid

Jude Bellingham - 19', Jude Bellingham - 60', Vinicius Junior - 73'

Stadion: Power Horse Stadium, 17561 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
3'  Sergio Arribas
3'  Lucas Robertone
59'  Juan Brandariz
61'  Largie Ramazani (Ibrahima Kone)
69'  Marc Pubill (Alejandro Pozo)
70'  Lucas Robertone (Gonzalo Melero)
90'  Sergio Arribas (Arnau Puigmal)
90'  Iddrisu Baba (Lazaro)
19'  Jude Bellingham
45'  Toni Kroos
60'  Jude Bellingham
60'  Toni Kroos
72'  Toni Kroos (Eduardo Camavinga)
72'  Rodrygo (Luka Modric)
73'  Vinicius Junior
73'  Jude Bellingham
81'  Jude Bellingham (Joselu)
90'  Vinicius Junior (Brahim Diaz)
90'  Federico Valverde (Lucas Vazquez)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


YANGILASH


90+2-daqiqa. Braim Dias mahoratini ko'rsatib, ajoyib vaziyat yaratdi, biroq uning g'oyasini Xoselu tushunolmay qoldi va hujum zarbasiz yakunlandi. 

90-daqiqa. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 9 (!) daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. Luka Modrichning uzatmasidan keyin Dani Karvaxal kutilmaganda hujum markazida paydo bo'ldi va kuchli zarba berdi, Mashimianu o'z o'rnida.  

81-daqiqa. O'zgarish! Uchrashuv qaxramoni Bellingem o'rnini Xoseluga bo'shatib berdi.    

73-daqiqa. GOOOOOL! Vinisius ham nomiga gol yozdirib qo'ymoqda. Bellingem bu safar assist rolida ishtirok etdi. Bu vaziyatda Vinniga rikoshet ham yordam berib yuborganini takidlash zarur.  

72-daqiqa. O'zgarishlar! Toni Kroos va Rodrigo o'rniga o'yinga Luka Modrich va Eduardo Kamavinga qo'shildi.    

70-daqiqa. O'zgarishlar! Mark Pubil va Lukas Robertone o'rniga maydonga  Gonsalo Melero hamda Alexandro Poso tushirildi.     

66-daqiqa. Mark Pubil tibbiy yordamga muhtoj bo'lib maydonda yotibdi.  

60-daqiqa. GOOOOL! Kroosdan ajoyib uzatma va Jud Bellingemdan dubl! Angliyalik yarim himoyachi yana bir marta jarima maydonchasiga yorib kirdi va kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo'lib, to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi.  

59-daqiqa. Ogohlantirish! CHumi ortidan quylash joniga tekkani uchun Vinisiusni kurash usulida maydonga qulatdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, bosh hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi. Biz ham biroz dam olamiz. 

45+5-daqiqa. GOOOL! Toni Kroos aniq zarbasi bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq... "VAR"ning aralashuvi bilan bosh hakam bir necha soniya avval Karvaxal ishtirokidagi vaziyatni qayta ko'rdi va ispaniyalik o'yin qoidasini buzgani, shu sababli gol inobatga olinmasligini malum qildi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Mashimianu darvoza oldida yana bir vaziyat yuzaga keldi. Fran Garsiyaning uzatmasidan keyin Rodrigo kuchli zarba berdi, kiper ham o'z navbatida to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

Burchak zarbasidan keyin Rodrigo jarima maydonidan to'pni aldamchi harakatlar bilan chiqarishga qaror qilib, adashdi va yana Ryudiger darvozaga yo'llangan to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

41-daqiqa. Tezkor qarshi hujumdan keyin Luis Suares zarba berishga imkon topdi, ammo Ryudigerning uzun oyoqlari "Madrid"ni goldan qutqarib qoldi. 

Mezbonlarning ilk burchak zarbasidan keyin ish xavfli vaziyatgacha etib bormadi. 

36-daqiqa. Lukas Robertone uzoq masofadan kuchli zarba yo'lladi va Andrey Lunin qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytarib yubordi. 

30-daqiqa. Almeriyada aydi damdagi havo harorati 37 gradus issiqni tashkil qiladi. Bunday havoda bir tanaffus qilib, suv ichib olgan zarar qilmaydi. Xose Mariya Sanches Martines ham shunday fikrda va jamoalarni suv ichib olishga chorladi.   

27-daqiqa. Rodrigo ajoyib harakatlaridan keyin himoyachini dog'da qoldirib, uzoq burchakka zarba berdi. Darvozabon hech nima qila olmasdi, lekin braziliyalikning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

19-daqiqa. GOOOOOL! Jud Bellingem himoyachi bilan devor uslubidagi kombinaciyadan keyin to'pni darvoza to'riga yo'lladi! Hisob tenglashdi!

16-daqiqa. "Real"ning ikkinchi burchak zarbasi ham naf bermadi. 

13-daqiqa. Vinisius chap qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi va jarima maydoniga kirib ulgurmay, to'pni Rodrigoga uzatib, qayta qabul qilish uchun "ochilgandi". Biroq to'p maydondan chiqib ketdi, Rodrigo burchak zarbasiligiga ishora qilishiga qaramay, hakam erkin zarba ekanligini ko'rsatdi. 

11-daqiqa. Yana jarima maydonchasida paydo bo'lgan Bellingem to'pni to'xtatib qoldiyu, lekin himoyachi undan ortig'iga imkon qoldirmadi.  

8-daqiqa. Vinisius jarima maydonchasiga yaqinlashgani hamonoq zarba berdi, lekin uning urinishi noaniq. 

6-daqiqaO'yindagi birinchi burchak to'pini ham "Real" amalga oshirdi. Kroosning uzatmasidan keyin Tchuameni havodagi kurashda ustun kelib, zarba yo'lladi. Kiper o'z o'rnida.  

3-daqiqa. GOOOOOOL! "Real" standart vaziyatga ega bo'ldi, ammo mezbonlar qarshi hujumga o'tib ketishdi va chap qanotdan uzatilgan to'pni Serxio Arribas boshi bilan darvozaga yo'llab qo'ymoqda. 

2-daqiqa. "Real"ning dastlabki hujumga o'tishi qoida buzish orqali to'xtatildi. Vinisiusni Edgar Gonsales chalib yiqitdi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

Stadionni to'ldirgan muxlislar qo'shig'i ostida har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi.  

Jamoalar tribuna ostidagi yo'lakchada, maydonga tushishga tayyor turishibdi. 


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика