So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  15 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  25 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  14 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  7 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  11 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  249

De Rossi SHomurodovga ishonishni boshladi. Avvalgi murabbiylar nima qilgan? Yangiliklar

De Rossi SHomurodovga ishonishni boshladi. Avvalgi murabbiylar nima qilgan?

Yozgi transferlar oynasida okean ortiga yo'l olishi mumkinligi aytilgan Eldor SHomurodov Italiyadagi sarguzashtlarini davom ettirishga qaror qildi.

Daniele De Rossi "Roma"ga qaytgan o'zbekistonlik forvardga ishonch bildirmoqda. Faoliyati davomida bir qancha mashhur va taniqli murabbiylar bilan birga ishlagan. Quyida shu haqida batafsil malumot berishga harakat qilamiz. 

Aleksandr Xomyakov ("Mashal" 2013-2014)

"Mashal" tarbiyalanuvchisi hisoblangan SHomurodov katta futboldagi ilk qadamlarini 2013-2014 yillarda Aleksandr Xomyakov boshchiligida tashlagan. Hujumchi muborakliklar tarkibida Superligada 9 ta o'yinda maydonga tushgan. 2014 yil yakunlangach u Toshkentga "Bunyodkor"ga yo'l olgan. Uni yangi jamoasida yangi sarguzashtlar kutayotgandi. 

Sergey Lushchan, Baxtiyor Boboev ("Bunyodkor" 2015-2017)

"Bunyodkor"da yoshartirish siyosatini boshlagan Sergey Lushchan Doston Hamdamov, Akromjon Komilov, Zabihillo O'rinboevlarning yoniga 2015 yil "Mashal"dan Eldor SHomurodov va Otabek SHukurovni jalb qildi. Bu orqali oldingi chiziqda Hamdamov, SHomurodov, O'rinboev triosi hosil qilindi va bu 2016 yilgi mavsumda o'z samarasini berdi. 2015 yil qisqa vaqt Baxtiyor Boboev bosh murabbiy bo'lganini hisobga olmaganda u Lushchan bilan ko'proq ishladi. Maqolamiz qahramoni "qaldirg'ochlar" tarkibidagi debyut mavsumida 25 ta uchrashuvda 7 ta gol urgan bo'lsa, 2016 yil bu ko'rsatkich yana oshdi, 27 ta o'yinda 10 ta gol bilan jamoasining eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'ldi. SHu yili mavsumni ikkinchi o'rinda yakunladi. 2015 yil "Bunyodkor"dagi yorqin o'yinlari orqali milliy terma jamoadan chaqiruv olgandi. Aynan Lushchan qo'l ostida u yangi darajaga chiqdi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. 

Mirjalol Qosimov ("Bunyodkor" 2017)

2017 yil "Bunyodkor" uchun yaxshi boshlanmadi. Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar, mag'lubiyatlar natijasida birinchi davraning o'rtasida Sergey Lushchanga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Murabbiylik postiga tayinlangan Mirjalol Qosimov boshchiligida Eldor 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Bu davrga kelib uning o'yinida pasayish kuzatilayotgan, legionerga aylanish masalalari atrofni kezib yurgandi. Toshkent klubidagi faoliyati shu orqali yakuniga etdi. 

Leonid Kuchuk, Dmitriy Kirichenko ("Rostov" 2017)

Faoliyatida ilk bor legionerga aylangan SHomurodov uchun "Rostov" o'z eshiklarini ochdi. Bu vaqtda jamoani belaruslik murabbiy Leonid Kuchuk boshqarayotgandi. Ochig'ini aytish kerakki, Eldorning "Rostov"dagi ilk mavsumi moslashish uchun ketdi. Murabbiy unga sekin-asta imkoniyat berishni boshladi. Kuchuk qo'l ostida jami 13 ta bahsda maydonga tushdi, Rossiya chempionatida debyut qildi. Bu vaqtda qisqa muddat Dmitriy Kirichenko ham jamoani boshqardi. 

Valeriy Karpin ("Rostov" 2017-2020)

Moslashish jarayonini boshidan o'tkazgan hujumchi Valeriy Karpin ustozligida "Rostov"dagi gollari sonini ochdi. Karpin bilan ishlash orqali u yaxshi o'sishga erishdi deya olamiz. Bu jamoa tarkibida Karpin murabbiyligida 77 ta o'yinda qatnashdi va ancha sermahsullik ko'rsatdi, 18 ta gol, 12 ta assist qayd etdi. Murabbiy va futbolchi o'rtasidagi iliq munosabatlar bor. Aynan "Rostov" unga Evropaga yo'l olishida katta trampolin bo'la oldi va bunda Valeriy Georgievichning hissasi katta bo'ldi. 


Rolando Maran, Davide Ballardini ("Jenoa" 2020-2021)

Hamyurtimizning Italiyaga yo'l olishi o'zbek futbolida ulkan voqelik sifatida qabul qilindi. A Seriyada SHomurodov uchun debocha vazifasini "Jenoa" jamoasi o'tadi. U Appenin yarim oroliga kelganida genuyaliklarni Rolando Maran bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushayotgandi. To'p tepar Maran davrida faoliyatida ilk bor Italiya chempionatida debyutini va ilk golini nishonladi. Maranning istefosidan so'ng "Jenoa" ruli Davide Ballardiniga o'tdi. U ustozlik qilgan mavsumda SHomurodov Italiyada yanada yorqin o'yin ko'rsatishni boshladi, 23 ta o'yin 7 ta gol, 1 ta assist. 

Joze Mourino ("Roma" 2021-2023)

CHo'qqini ko'zlasang toqqa albatta etasan deganlaridek Eldor "Jenoa"dan so'ng Italiyaning top klubi "Roma"ga o'tdi. Rimliklarda Joze Mourino faoliyat olib borayotgan, u bilan ishlash esa har qanday futbolchi uchun oson emasdi. SHomurodov katta bosim va yulduzlarga to'la "Roma" safida 48 ta bahsda qatnashdi va 6 ta gol urdi, yana 6 ta golga assistentlik qildi. Jamoa bilan UEFA Evropa ligasi finaligacha etib borgan bo'lsa, Konferenciyalar ligasida g'olib chiqdi. 

Fabrico Lorieri, Luka Gotti, Leonardo Semplichi ("Speciya" 2023)

"Roma"da zaxirada qolishni boshlagan Eldor uchun o'yin amaliyoti zarur edi. Bunda u "Speciya"ga ijaraga berildi. Ushbu klubdagi qisqa faoliyati davomida Fabrico Lorieri, Luka Gotti, Leonardo Semplichi kabi mutaxassislar bilan ishladi. Semplichi unga 13 ta uchrashuvda imkoniyat berdi va u 1 ta gol urdi. 

Klaudio Raneri ("Kalyari" 2023-2024)

Qahramonimiz shu vaqtgacha ishlagan yana bir mashhur mutaxassislardan biri Raneri hisoblanadi. "Lester" ertagini yozgan murabbiy SHomurodovga to'liq imkoniyat berdi deya olamiz. O'zbekistonlik hujumchi bu klub tarkibida 24 ta bellashuvda 3 ta gol, 3 ta assist muallifiga aylandi. 


O'zbekiston terma jamoasida

Samvel Babayan (2015-2017) 

Yuqorida aytganimizdek Eldor milliy terma jamoada 2015 yil debyut qilgan va u Samvel Babayan davriga to'g'ri kelgan. Ilk golini esa JCH-2018 saralashi doirasida Bahraynga urgan. 

Timur Kapadze (2018)

Murabbiylik faoliyatini boshlagan va milliy terma jamoada qisqa vaqt mehnat qilgan Timur Kapadze uni Marokash va Senegalga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlariga jalb qilgan edi. 

Ektor Kuper (2018-2019)

2019 yil BAAdagi Osiyo kubogida Kuper SHomurodovdan hujumchi sifatida foydalangandi. Qolaversa, u o'yin uslubi, texnikasi jihatdan argentinalik qurayotgan jamoaga mos kelardi. Unga oldingi chiziqda raqibdan qochadigan, kam vaziyatlardan foydalanadigan ijrochi kerak edi. Vaholanki, Osiyo kubogi qaydnomasida birgina hujumchi Marat Bikmaev bor edi, xolos. O'mon bilan uchrashuvda zaxiradan maydonga tashlangan Eldor g'alaba golini urgandi. U guruh bosqichida Turkmaniston, Yaponiya darvozalarini ishg'ol qilgan. 

Vadim Abramov (2019-2021)

Kuperdan so'ng terma jamoa Abramovga ishonib topshirildi. Lekin uning boshchiligida JCH-2022 saralash bosqichida "oq bo'rilar" muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Eldor SHomurodov odatdagidek Abramov jamoasida ham asosiy hujumchi bo'ldi. 

Srechko Katanec (2021 yildan hozirgacha)

Srechko Katanec jamoasi aynan SHomurodov atrofida qurilgan bo'lib, uningsiz qanday bo'lishini Qatardagi Osiyo kubogi ko'rsatib berdi. U muhim figura va oldingi chiziqdagi yagona yulduz. Forvard Katanec davrida ketma-ket gollar urishi natijasida O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib oldi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

+1   
29 avg 22:53:38
Fc Milan20
Ismoil Tolibov foydalanuvchining fikriga javob berish
De Rossi bilan gaplashibsizmi deb o'ylapoan oka ko'nglizga omeng oka hazil
Nomini yozsa ketmas ekan. Nuqtalar bilan yashirib qo'ydi. Stadion uz
+1   
29 avg 22:51:08
Fc Milan20
Ismoil Tolibov foydalanuvchining fikriga javob berish
De Rossi bilan gaplashibsizmi deb o'ylapoan oka ko'nglizga omeng oka hazil
Yo'q, ****** saytidan o'qidim. Romani hozirgi natijalari va o'yini juda yomonda. Bu bekorga emas deb o'ylagandim o'zi
+1   
29 avg 22:39:49
Ismoil Tolibov
Fc Milan20 foydalanuvchining fikriga javob berish
Romada chindan ham ichki muhit buzilgan ekan, yaqinda De Rossi bilan jamoa futbolchisi Cristante hatto mashg'ulotda urushib ketdi deb o'qidim
De Rossi bilan gaplashibsizmi deb o'ylapoan oka ko'nglizga omeng oka hazil
+1   
29 avg 22:00:13
Funclub
Элдорга футболда энг кучли мураббийлар кул остида футбол сирларини урганиш насиб килди. Албатта бу даражага чикишда машаккатли мехнат ётибди
+1   
29 avg 21:09:59
Fan_BARCA
Terma jamoamizni yaqin kelajakdagi eng yaxshi hujumchisi Eldor omad u bilan JChga chiqamiz Olloh xohlasa
   
29 avg 19:26:15
ÓZINGNI BOSS BOLAPAQIR
Koʻpchilik muxlislar Eldorni Romada asosiy tarkibga koʻp tushmaydi deb Joze Mourinyodan norozi edilar lekin tan olish kerakki aslida Eldorni Romaga Joze Mourinyo olib keldi boshida asosiy tarkibga oʻynatdiham lekin keyinchalik asosiy tarkibdan joyini yoʻqotdi bunga sababni lekin bilmayman tarkib ham kuchayib ketgandi oʻsha vaqti
-1   
29 avg 19:47:37
Fc Milan20
Romada chindan ham ichki muhit buzilgan ekan, yaqinda De Rossi bilan jamoa futbolchisi Cristante hatto mashg'ulotda urushib ketdi deb o'qidim
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика