So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  7 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  58 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

Kunning eng muhim tadbiri haqida prevyu Yangiliklar

Kunning eng muhim tadbiri haqida prevyu

Bilasiz, bugun Monako shahrida Evropa chempionlar ligasining 2019/20 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qura tashlash marosimi o'tkaziladi.

Mazkur marosim Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Unda Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqqan 32 jamoa 4tadan 8ta guruhga bo'lingan holda ajratiladi. Qura qoidalariga ko'ra, jamoalar to'rttadan korzinkaga ajratib chiqilgan. Unga ko'ra, bitta korzinkadagi jamoalar o'zaro guruhda to'qnash kelishmaydi. Qoidaga ko'ra, bitta chempionat vakillari ham guruhda o'zaro tushib qolishmaydi. Mazkur holat qura jarayonida istisno qilinadi.

Eslatib o'tamiz, 26 jamoa guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri chiqqan bo'lsa, qolgan 6 jamoa nomi kvalifikaciya raundi orqali aniqlandi. Kuchli-beshlikdagi Angliya, Germaniya, Italiya va Ispaniya chempionatida o'tgan mavsum 1-4 o'rinlarni egallagan jamoalar hech qanday kvalifikaciya yoki saralash o'yinlarisiz musobaqaga ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishgan.


Evropa chempionlar ligasining yangi mavsumi ishtirokchilari


SHuningdek, bugungi marosimda quyidagi nominaciya bo'yicha g'oliblar aniqlanadi:

• O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra UEFAning eng yaxshi futbolchisi

• O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra UEFAning eng yaxshi ayol futbolchisi

• ECHL 2018/19 mavsumining eng yaxshi darvozaboni

• ECHL 2018/19 mavsumining eng yaxshi himoyachisi

• ECHL 2018/19 mavsumining eng yaxshi yarim himoyachisi

• ECHL 2018/19 mavsumining eng yaxshi hujumchisi


Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Real" futbolchisi Luka Modrich UEFAning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Joriy yil esa g'oliblikka davogar futbolchilar qatoridan Lionel Messi («Barselona», Argentina), Virjil Van Deyk («Liverpul», Gollandiya), Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya) o'rin olgan.


Evropa chempionlar ligasining yangi mavsumiga 17 sentyabr kuni start beriladi. Quyida guruh bosqichi tur o'yinlari jadvalini etiboringizga havola etamiz.

1-tur: 17/18 sentyabr

2-tur: 1/2 oktyabr

3-tur: 22/23 oktyabr

4-tur: 5/6 noyabr

5-tur: 26/27 noyabr

6-tur: 10/11 dekabr

16 dekabr: qura 1/8 final

18/19/25/26 fevral: birinchi o'yinlar 1/8 final

10/11/17/18 mart: javob o'yinlari 1/8 final

20 mart: qura 1/4 i 1/2 final

7/8 aprel: birinchi o'yinlar 1/4 final

14/15 aprel: javob o'yinlari 1/4 final

28/29 aprel: birinchi o'yinlar 1/2 final

5/6 may: javob o'yinlari 1/2 final

30 may: final - "Otaturk Olimpiya stadioni", Istanbul


Aziz muxlislar, Siz esa izohlarda ehtimoliy guruhlarda qaysi jamoalarni ko'rishni istashingiz va o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra UEFAning eng yaxshi futbolchisi nomiga kim ko'proq loyiqligi haqida o'z fikr va mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика