Kunde bu safar terma jamoa bazasiga qanday libosda tashrif buyurdi?
11 noy 2024 21:01
Yangiliklar
Kunde bu safar terma jamoa bazasiga qanday libosda tashrif buyurdi?
Jyul Kunde tanqidlardan so'ng Franciya terma jamoasi tasarrufiga o'zga uslubdagi libosda keldi.
"Barselona" himoyachisi milliy jamoa bazasiga qora qalpoq, qora shim va Franciya terma jamoasining 1992 yildagi libosiga o'xshash vintaj ust kiyimda keldi.
Eslatib o'tamiz, Kundening avvalgi kiyinishi bahslarga sabab bo'lgandi. Jerom Roten va Jan Mishel Larklarning tanqidiga uchragan Jyul quyidagi gapni aytgandi: "Keyingi yig'inga sport libosida kelaman, so'z beraman".


O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar