Kuman Lyuk de Yong va Neymarni taqqosladi
10 sen 2021 10:16
Yangiliklar
Kuman Lyuk de Yong va Neymarni taqqosladi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman hujumchi Lyuk de Yongni Neymar bilan taqqosladi.
"Lyuk markazda Neymardan xavfliroq. "Barselona"da de Yong tipidagi hujumkor o'yinchi bo'lmagan. Bunday hujumchi har qanday jamoada bo'lishi kerak.
O'tgan yiliyoq klubga de Yong bilan shartnoma imzolash kerak deb aytgandim. Menda shunchaki turli xil hujumchilardan foydalanish imkoniyati bo'lishini xohladim. Agar o'yinda Lyukdek yigit talab qilinsa, unda u o'ynaydi", - deydi Kuman.
Eslatib o'tamiz, de Yong "Barselona"ga "Sevilya"dan 2021/22 yilgi mavsumning so'nggiga qadar ijara asosida o'tdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar