Kuman "Barselona" futbolchilarining ishonchini yo'qotdi
03 okt 2021 22:18
Yangiliklar
Kuman "Barselona" futbolchilarining ishonchini yo'qotdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman oxirgi uchrashuvlardan so'ng Kataloniya klubining kiyinish xonasidagi boshqaruvni deyarli butunlay yo'qotdi, deb xabar berdi jurnalist Xavi Migel.
Manbaga ko'ra, Ronald Kuman futbolchilar uni qo'llab-quvvatlayotganini aytmoqda, lekin haqiqat shundaki, jamoa azolarining aksariyat qismi niderlandiyalik murabbiyga ishonishdan to'xtagan.
Takidlanishicha, Kuman echinish xonasidagi boshqaruvni deyarli butunlay yo'qotgan. Murabbiy kecha "Atletiko"ning birinchi golida Niko Gonsalesni ochiqchasiga ayblagani hech kimga yoqmagan.
Yosh yarim himoyachi bir taymdan keyin almashtirilganidan so'ng bezovtalanib qolgan va murabbiyning so'zlari uni yanada qattiqroq ranjitgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar