So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  1 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

"Kuchli-beshlik": Bugungi muhim o'yinlar Yangiliklar

"Kuchli-beshlik": Bugungi muhim o'yinlar

Bugun kuchli-beshlik chempionatlarida tur o'yinlari davom ettiriladi.


Kecha Germaniya Bundesligasi, Ispaniya primerosi va Franciya 1 divizionida tur o'yinlariga start berilgandi.

Bugun esa Angliya premer ligasi va Italiya A Seriyasida tur uchrashuvlari boshlanadi.

Kunning muhim uchrashuvi Londonda o'tkaziladi.
Angliya premer ligasining 7-turidan o'rin olgan markaziy bahsda Antonio Konte va Xosep Gvardiola to'qnashuviga guvoh bo'lamiz.
O'tgan yili har ikkala o'yinda ham Konteni oldida ip esholmagan Pep bu safar nima karomat ko'rsatarkin, degan savol hozirda ko'pchilikni qiziqtirmoqda.
"Siti" mavsumni juda ko'tarinki ruhda boshladi. Jamoa ketma-ket o'yinlarda gollar-shousini namoyish etishmoqda. Gvardiola "Siti" boshqaruvida o'tgan mavsumni ham shu tempda boshlagandi.
Jamoaning mag'lubiyatsiz seriyasi aynan 7-turda, Londonda to'xtagandi.
Bu yili ham Gvardiolani Londonda xafa qilishadimi?
Gvardiola o'tgan yilgi mag'lubiyatlar uchun Kontedan revansh olishga qodirmi? Savollar juda ko'p. Javobni esa "Semford Brij"dagi o'yindan izlaymiz.

- Kontening mustahkam himoyasi Gvardiolaning qo'rqinchli hujumiga qarshi, "Qizil iblislar" esa "burgut ovi"ga chiqishadi. Prevyu


"Bavariya"ni ECHLda yirik hisobda taslim etib, Karlo Anchelottining istefoga chiqarib yuborgan PSJ esa hali Franciya chempionatida mag'lubiyat nimalagini bilmay kelayotgan "Bordo" bilan duch keladi.

Bundesliga peshqadami "Borussiya" Dortmund bugun Bavariya shahriga safar uyushtiradi. Peter Boshsh jamoasi Manuel Baum boshchiligidagi "Augsburg" bilan kuch sinashadi.

"Bavariya"dan o'tgan turda ochko olib qaytgan "bo'rilar" o'z uyida "Maync"ni mehmon qiladi.


Italiya A Seriyasining 7-turidan o'rin olgan dastlabki ikkita uchrashuv o'tkaziladi.
"Udineze" "Sampdoriya"ni qabul qilsa, "Jenoa" "Bolonya"ni sinovdan o'tkazadi.

La Ligadagi kunning muhim uchrashuvi "Leganes" va "Atletiko" o'rtasida kechadi. Diego Simeone jamoasi ECHLdagi mag'lubiyat alamini safarda "Leganes"dan olishga urinib ko'radi.


APL, 7-tur.
"Xaddersfild" - "Tottenxem" (16:30)
"Bornmut" - "Lester" (19:00)
"Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" (19:00)
"Stok Siti" - "Sautgempton" (19:00)
"Vest Bromvich" - "Uotford" (19:00)
"Vest Xem" - "Suonsi" (19:00)
"CHelsi" - "Manchester Siti" (21:30)

Franciya chempionati, 8-tur.
PSJ - "Bordo" (20:00)
"Amiens" - "Lill" (23:00)
"Dijon" - "Strasburg" (23:00)
"Gengam" - "Tuluza" (23:00)
"Nant" - "Metc" (23:00)
"Renn" - "Kan" (23:00)

Bundesliga, 7-tur.
"Augsburg" - "Borussiya" Dortmund (18:30)
"Borussiya" Myonxengladbax - "Gannover" (18:30)
"Ayntraxt" - "SHtutgart" (18:30)
"Volfsburg" - "Maync" (18:30)
"Gamburg" - "Verder" (21:30)

A Seriya, 7-tur.
"Udineze" - "Sampdoriya" (21:00)
"Jenoa" - "Bolonya" (23:45)

La Liga, 7-tur.
"Deportivo" - "Getafe" (16:00)
"Sevilya" - "Malaga" (19:15)
"Levante" - "Alaves" (21:30)
"Leganes" - "Atletiko" (23:45)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика