Kubok “Arsenal”, chempionlik “CHelsi”nikimi?
10 mar 2014 19:47
Yangiliklar

Kubok “Arsenal”, chempionlik “CHelsi”nikimi?
Tor-mor etilgan “Tottenxem”, “qariya” rolidagi Eto’O, “Uigan”ning yana bir sensaciyasi va APL 29-turi hamda Angliya Kubogi 1/4 finali dioarsidagi boshqa etiborli voqealar haqida...
Baxt bo'sag'asidagi “Arsenal”
“Kanonirlar” sovrinsiz o'tgan to'qqiz yildan keyin, nihoyat noxush ananaga chek qo'yishi mumkin. Ramziy uyg'unlik yuzaga kelishi uchun Venger bu “qurg'oqchilikka” Angliya Kubogini yutish orqali chek qo'yishi kerak bo'ladi. CHunki londonlik to'pchilar so'nggi marta yutgan sovrini – aynan mana shudir. Bu voqea uzoq 2005 yilda bo'lib o'tgandi.
Hozir jamoa tarkibida to'p surayotgan futbolchilardan faqat bir nechtasigina o'sha shonli onlarni eslay olsa kerak.
“Arsenal” shanba oqshomida sovrinsizlikdan aziyat chekayotgan yana bir klub – “Everton” bilan to'qnash keldi. Qizig'i, “Arsenal” shu qadar sovuqqonlik bilan harakat qildiki,chempionatda bir necha qiyin haftani boshdan kechirmagandek, huddi muammolarga aslo duch kelmagandek...
Balki o'sha og'ir damlardan keyin Venger jamoasini ruxan tiklanishiga erisha olgan. Jismonan ham juda yaxshi tayyorlagani yaqqol sezildi. Oradagi rasmiy uchrashuvlarsiz o'tgan bir hafta ham, londonliklarga ancha foydaga xizmat qilganini payqash qiyin emasdi. O'zil o'yin avvlidayoq, raqib darvozasining uzoq burchagini aniq nishonga olgani, Sanya, Oksleyd-CHemberlen va Kasorlada yuzaga kelgan vaziyatlar bu fiklarga isbot bo'la oladi.
Ular o'z vaziyatlaridan foydalana olishmadi. “Everton”ning belgiyalik hujumchisi Lukaku esa o'z vaziyatini qo'yib yuboradiganlardan emas. Hisobni aynan u tenglashtirdi. Biroq bu kecha “Arsenal” shu qadar ko'p vaziyatlar yaratdiki, bu say-harakatlar o'z mevasini bermay qolmasdi.
Avvaliga Oksleyd-CHemberlen ishlagan penaltini Arteta ajoyib tarzda amalga oshirib hisobda londonliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, keyin Jiru birato'la dublga erishib qo'yaqoldi.
“Uigan”dan navbatdagi sensaciya
Umuman olganda, oldinda agar “Manchester Siti”dek raqib turgan bo'lganida, “Arsenal”ning yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishi – sovrin tomon olib kiruvchi eshiklarni ochdi, deyishga shoshmagan bo'lardi. Biroq kutilmaganda “kanonirlar” “Uigan”dan ajoyib sovg'a qabul qilib oldi. Huddi Angliya Kubogining o'tgan yilgi finalida bo'lgani kabi, ham moliyaviy jihatdan, ham tarkib borasida “shaxarliklar”dan ancha kamtarroq bo'lgan CHempionship ishtirokchisi yulduzlarga to'la “Siti”ni yana bir bor enga oldi. Har xolda ikkita g'alaba ham tasodif emasdir?
Manchesterliklar ushbu o'yinga eng kuchli tarkibni tushirdi. O'zi aslida “zahira tarkibi” yoki “ikkinchi tarkib” degan tushunchalarni “Siti” uchun qo'llash noto'g'ri narsa. Ushbu jamoa zahirasi ham faqat va faqat yulduz futbolchilar bilan to'ldirilgan. SHundoq ekan, mag'lubiyat uchun Pellegrini va uning shogirdlari faqat o'zlarini ayblashlari mumkin xolos. Balki jamoaning barcha fikr-u, hayoli “Barselona” haqida bo'lib, o'zlarini o'yinga etarlicha tayyorlay olishmagandir.
Moviy “Manchester” o'yin borasida, tabiiyki, katta ustunlikka ega bo'ldi. Biroq jarima maydoniga yaqinlashgach, ishlar u qadar yurishavermadi.
SHu o'rinda “Uigan” darvozaboni Skott Karsonning xizmatlarini alohida etirof etib o'tish lozim. Nima bo'lganda ham, u Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni.
Har doim bo'lmasa ham, gohida o'z o'yini bilan buni eslatib turishni yoqtiradi Skott. “Uigan” hisobni ochishi uchun Demikelis ham yordamlashib yuborganini takidlash kerak. “Barselona” bilan o'yinda bo'lgani kabi, yana bir bor o'z darvozasi tomon penalti belgilanishini taminlab berdi. Faqat bu safar chetlatilishdan qutilib qoldi.
Xordi Gomesning golidan keyin butun etiborini hujumga qartgan “Siti” bazan o'z darvozasi tomon solinayotgan xavfni bartaraf etib turish lozimligini unutib qo'ydi va ikkinchi taym avvalidayoq ikkinchi golni qabul qilib oldi.
Agar Nasri javob golini kiritgan vaziyatda hakam passiv ofsaydni qayd etganida “shaharliklar” yagona javob golidan ham quruq qolishgan bo'lishardi. Hakam ofsayd qayd etmadi va bu bilan o'yinning so'nggi daqiqalari haddan tashqari qiziqarli bo'lishiga sababchi bo'ldi.
Biroq ushbu qiziqarli yakun “Manchester”ga hech narsa olib kelgani yo'q. “Uigan” keyingi bosqichda! Yana bir tarixiy o'yin ushbu klub uchun!
Angliya kubogi
1/4 final
Arsenal – Everton 4:1
Gollar: Ozil, 7 (1:0); Lukaku, 32 (1:1); Arteta, 68 (2:1, pen); Jiru, 83 (3:1); Jiru, 85 (4:1).
Manchester Siti – Uigan Atletik 1:2
Gollar: Gomes, 27 (0:1, pen); Perch, 47 (0:2); Nasri, 68 (1:2).
Xall Siti – Sanderlend 3:0
Gollar: Devis, 68 (1:0); Meyler, 72 (2:0); Fryatt, 77 (3:0).
SHeffild Yunayted – CHarlton Atletik 2:0
Gollar: Flinn, 65 (1:0); Breyford, 67 (2:0).
Eto`Oning “qarilikdagi” qahramonliklari
Premer-Liga doirasidagi eng markaziy o'yin esa shubhasiz “CHelsi” hamda “Tottenxem” o'rtasidagi London derbisi bo'ldi. “SHporlar” mana 24 yildirki "Stemford Brij"da g'alaba qozonolmay kelmoqda. Bu safar ham ananani saqlab qolishni uddaladi ular. Mourino va uning shogirdlari ko'p ham qiynalmadi xatto.
Bu esa barcha uchun kutilmagan voqelik bo'ldi. Axir Mourino shogirdlari hatto autsayderlar bilan ham etarlicha muammoga duch kelishayotgandi. “Tottenxem” himoyasining ikkinchi taymda ko'rsatgan o'yinini “rasvo” degan so'z ham to'liq ifodalay olmasa kerak. Hisob 4-0 ko'irinishidan ham kattaroq, uyatliroq bo'lishi hech gap emasdi. Yakuniy hisobdan SHervud xursand bo'lsa ham bo'laveradi.
Darvoqe, birinchi bo'limda darvozalarga birorta ham gol kiritilmagandi! Ikkinchi bo'limda Vertongenning qo'pol xatosidan keyin Eto`O hisobni ochdi va hammasi borshlanib ketdi...
Goldan keyin esa so'nggi paytlarda britan nashrlari tekshiruvlariga ko'ra yoshi aslida xujjatlarda ko'rsatilganidan kattaroq ekani haqida gapirib, tanqid qilayotganlar uchun haqiqiy shou namoyish etib berdi. U burchak to'pi tepiladigan nuqtadagi bayroqcha oldiga kelib, xassaga tayangan qariyani namoyish etib berdi.
Umuman olganda, agar rostdan ham Samuelning yoshi passportda ko'rsatilganidan kattaroq bo'lsa ham, u “CHelsi”da o'z o'rniga ega bo'lib ulgurgani, gol urishdan to'xtamayotgani uchun olqishga sazovor. “Tottenxem” esa himoyada dovdirashda davom etaverdi va ko'p ham gol uravnrmaydigan Demba Ba ham dubl qayd etdi.
“CHelsi” ishonch bilan turnir jadvalini boshqarishda davom etmoqda. Bu ketishda chempionlikkacha ham etib olishlari mumkin. Pellegrini va uning shogirdlari bunga yo'l qo'yib bersa, albatta.
APL
29-tur
Kardiff Siti – Fulxem 3:1
Gollar: Kolker, 45+1 (1:0); Xoltbi, 59 (1:1); Kolker, 67 (2:1); Riter, 71 (3:1, avtogol).
CHelsi – Tottenxem 4:0
Gollar: Eto'O, 56 (1:0); Azar, 60 (2:0, pen); Ba, 88 (3:0); Ba, 89 (4:0).
Kristal Pelas – Sautgempton 0:1
Gol: Rodriges, 37 (0:1)
Norvich Siti – Stok Siti 1:1
Gollar: Djonson, 57 (1:0); Uolters, 73 (1:1, pen).
Vest Bromvich – Manchester Yunayted 0:3
Gollar: Djons, 34 (0:1); Runi, 65 (0:2); Uelbek, 83 (0:3).
Abror Qodirov tayyorladi

Fikrlar