So’nggi yangiliklar

22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  0 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  10 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  2 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  31 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  3 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0

Kruif Lyudviyk Darius: “O'zbekistonda ishlasam o'zimni baxtli his qilardim” Yangiliklar

Kruif Lyudviyk Darius: “O'zbekistonda ishlasam o'zimni baxtli his qilardim”

O'zbekiston – Bangladesh (3:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab Bangladesh bosh murabbiyi Kruif Lyudviyk Darius ishtirok etdi.
“Birinchi o'rinda O'zbekistonni maqtab o'tishim kerak. Bu fantastik va kuchli futbolchilarga ega jamoa. Agar joningga qasd qilmoqchi bo'lsangiz bunday jamoalarga qarshi hujumda o'ynash kerak. Ilk taymda hayajonni engib ota olmadik va mag'lub bo'ldik. Ikkinchi taymda O'zbekiston o'ynamadi bu bizga qo'l keldi. O'zbekiston bizdan bir emas uch kalla baland. Bunday o'yindan biz dars oldik. Biz kabi o'sayotgan davlatlar uchun yaxshi master klass edi. Yana bir bor hamkasbimni ajoyib o'yin bilan tabriklayman. Afsuski o'yinda biron marotaba ham hujum uyushtira olmadik", - deydi Kruif Lyudviyk Darius.

- Dastlabki gol o'yinchilaringiz ishonchini sindirib yubordimi?
- Birinchi golda biz konsentranciyani yo'qotdik. Uch nafar shogirdim maydonga yotib qolgan futbolchiga qarab qoldi. Ayb o'zimizda futbol xushtak chalinguniga qadar o'ynaladi. Bunaqa jamoaga qarshi 100 foiz konsentraciya bilan tushish kerak. O'zbekistondan o'rganadigan narsalarimiz ko'p ekan. Bu jamoa osiyida uchinchi o'rinda turadi. Men bunday jamoada ishlasam o'zimni baxtli his qilgan bo'lardim.

- Keyingi o'yin haqida nima deya olasiz?
- O'zbekiston Afg'onistonni aniq yutadi, biz esa Gonkongga qarshi hujumkor o'yin qilamiz. Bu uch ochko biz uchun muhim. Bugun futbolchilarimga kiyinish xonasida ulardan O'zbekistonga qarshi turib berganliklariga rahmat aytdim. Keyingi o'yinga borimizni bersak g'alaba qozona olamiz.

- Hamma gollar bitta qanotdan kirdi 15 daqiqa ichida hal bo'ldi. O'ng qanotingiz shu qadar kuchsizmi yoki O'zbekistonniki kuchli?
- Hamma ayb o'zimizda. Himoyachi va darvozabon o'rtasida tushunmovchilik bo'ldi.


Nodirxo'ja Yuldashev
Incheon
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика