So’nggi yangiliklar

01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  0 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 23:12Миллатлар лигаси. Германия, Нидерландия, Туркия ва бошқа термаларнинг бугунги ўйин учун таркиби маълум!  0 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  14 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  3

Kroos Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgan futbolchilarni tanqid qildi Yangiliklar

Kroos Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgan futbolchilarni tanqid qildi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroosning fikricha, Saudiya Arabistoni ligasiga faqat pul uchun o'tish mumkin.

"Messining transferida hech qanday yomon narsa ko'rmayapman. Nega Mayamida 2-3 yil o'ynab, keyin tugatmasligi kerak? Saudiya Arabistoniga borish men uchun boshqa muammolar tufayli qiyinroq. 

Inson huquqlari mening o'tishimga to'sqinlik qiladigan narsalardan biridir. Ammo har kim o'zi qaror qiladi – masalan, faoliyatining oxirida buni qilishga qaror qilgan Krishtianu Ronaldu. Ammo futbolchilar o'zining eng yaxshi chog'ida, Evropaning top-klublarida o'ynay oladigan sifatga ega bo'lib turganida u erga borishi... Keyin esa bu odamlar o'zlarining maqsadlari borligini aytishadi. Lekin hammasi pul uchun. Bu qarorlar pul uchun va futbolga qarshi qabul qilinmoqda. Bundan buyon esa barchamiz biladigan va sevadigan futbol uchun hammasi qiyinlashadi", – dedi Toni Kroos.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni ligasiga o'tishi ko'plab yulduz va mashhur futbolchilar uchun eshiklarni ochgandek bo'ldi. Yozda bu mamlakatga Neymar, Karim Benzema, Sadio Mane va boshqalar ko'chib o'tishdi.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика