Kroos "Oltin to'p" haqida: "Vinisius, Bellingem, Karvaxal..."
16 okt 2024 18:25
Yangiliklar
Kroos "Oltin to'p" haqida: "Vinisius, Bellingem, Karvaxal..."
Toni Kroos "Oltin to'p"ni topshirishi mumkin bo'lgan futbolchilar nomini aytdi.
"Real"ning sobiq yarim himoyachisi ushbu sovrin uchun final uchligini qanday ko'rishni xohlashini aytdi.
"Har qanday tartibda: Vini, Jud (Bellingem), Karvaxal. Agar men ovoz berish huquqiga ega bo'lganimda, shu uch o'yinchidan birini tanlardim.
Men uni braziliyalik Vinisius Juniorga, angliyalik Jud Bellingemga yoki Ispaniya terma jamoasi tarkibida Evropa chempioni bo'lgan Daniel Karvaxalga topshirgan bo'lardim. Men uni o'zimga ham topshirardim (kuladi). Asosiysi, uni "Real" o'yinchisi olishi kerak, chunki biz Evropaning eng muvaffaqiyatli jamoasi edik", - dedi Kroos "Einfach mal Luppen" podkastida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar