So’nggi yangiliklar

09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  6 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  6 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  1 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  1 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  1 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0

Kroos kelajagi borasida aniq qarorga keldi Yangiliklar

Kroos kelajagi borasida aniq qarorga keldi

"Real" yulduzi Toni Kroos o'z kelajagi bo'yicha bir qarorga kelgan ko'rinadi.

"Qirollik klubi"ga yaqin manbalarning malum qilishicha, yaqindagina Madrid klubida 400-o'yinini o'tkazgan nemis futbolchisi yana bir mavsum oq libosda harakatlanishda davom etadi.

Joriy yilning 30 iyun sanasida Ispaniya klubi bilan amaldagi shartnomasi yakun topadigan Toni Kroosning faoliyatining keyingi qismi qaerda davom etishi so'nggi oylarda eng asosiy mavzulardan biri bo'lib kelayotgan edi. 33 yoshli tajribali futbolchi jamoa ustozi Karlo Anchelotti bilan uchrashganidan so'ng yana bir yil qolishga qaror qildi.

Toni Kroos ushbu mavsum "Real"ning jami 41 ta rasmiy o'yinidan 35 tasida maydonda harakatlandi va La Ligada 2 ta golga mualliflik qildi. Uning bu yildagi umumiy assistlari soni 5 taga etdi. U jamoa safida ushbu yilda maydonda eng ko'p daqiqalarni o'tkazgan futbolchilar qatorida 7-o'rinda turibdi – 2527 daqiqa. Undan oldinda esa Vinisius, Valverde, Kurtua, Ryudiger va Rodrigo turibdi.

2014 yilda "Bavariya"dan kelib qo'shilgan futbolchi "Espanol"ga qarshi o'yinda 400 lik dovondan o'tdi va umumiy o'yinlar soni bo'yicha eng yaxshi natijaga ega germaniyalik futbolchi bo'lib turibdi. U klub tarixida xorijlik futbolchilar orasida eng ko'p o'yinlarda ishtirok etish bo'yicha 6-pog'onani band qilib turibdi. Undan oldinda 438 ta o'yin bilan Krishtianu Ronaldu o'rin olgan.

Toni Koos "Real" safida jami 255 ta o'yinda g'alaba qozondi va jami 27 ta gol urib, 88 ta assist qayd etdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика