Krishtianu Ronaldu "Real Madrid" bazasida mashg'ulotlarni boshladi
14 dek 2022 21:03
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu "Real Madrid" bazasida mashg'ulotlarni boshladi
Futbolchi "Valdebebas" sport majmuasida jismoniy holatini saqlab turish uchun Madrid klubidan ruxsat oldi. Futbolchi Karlo Anchelotti qo'l ostida mashg'ulot o'tkazadigan "Real" futbolchilaridan alohida shug'ullanmoqda.
Manbaning qayd etishicha, Ronaldu “Qirollik klubi” bilan aloqaga chiqmagan. Madrid klubi ham hozirda 37 yoshni qarshilagan portugaliyalik forvard bilan muzokaraga kirishishdan manfaatdor emas.
Krishtianu Ronaldu ayni damda erkin agent hisoblanadi, noyabr oyida u “Manchester Yunayted” bilan shartnomani tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilgandi. OAVda hujumchi faoliyatini Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubida davom ettirishi mumkinligi haqida malumotlar paydo bo'lgandi.
JCH-2022'da Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan birgalikda chorak finalga qadar etib bordi, ushbu bosqichda terma jamoa Marokashga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:1). Hujumchi turnir davomida 5 uchrashuvda 1 ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar