So’nggi yangiliklar

22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  1 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  14 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  16 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  17 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  26 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  58 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  5

Kovach "Bavariya"ga g'alaba kalitini taqdim etayotgan taktikadan voz kechmoqchi emas Yangiliklar

Kovach "Bavariya"ga g'alaba kalitini taqdim etayotgan taktikadan voz kechmoqchi emas

Teglar :  BavariyaNiko Kovach
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach "Augsburg"ga qarshi o'yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Agarda biz yaratilayotgan vaziyatlardan yanada unumliroq foydalanishni boshlasak, unda bu narsa meni yanada baxtliroq qiladi. Ayni paytda men futbolchilarning mashg'ulotlardagi ishi va maydonda ko'rsatayotgan o'yinidan mamnunman», - deya gap boshladi Niko Kovach.

Rafinya haqida: «FIFA kunlaridan so'ng futbolchi maydonga qaytsa juda xursand bo'lardim. Vaziyatni chigallashtirmaslik uchun shoshilmaymiz va uning holati o'nglanishini kutamiz. SHundan so'ng uning holatiga aniq baho beramiz».

Xames haqida: «Rodrigezni maqtamoqchiman. Xames oxirgi o'yinlarni juda yaxshi saviyada o'tkazganini alohida etirof etish lozim. Biz muhim o'yinlarda unga ishonishimiz mumkinligini Xames isbotladi. Uning yaxshi jihatlaridan biri shuki, Xames doim kerak vaziyatda tezkor qaror qabul qiladi».

Niko Kovach uch himoyachili taktik sxema haqida: «Kelajakda biz bu sxemadan foydalanishimiz mumkin. Ammo hozircha g'alaba keltirayotgan uslub va sxemani o'zgartirmoqchi emasman».

Niko Kovach ikkinchi hujumchi haqida: «Sandro Vagner yaqin o'yinlarda albatta o'z imkoniyatini oladi va biz unga o'yin amaliyoti uchun vaqt ajratamiz».

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика