Koutinoga APLdan kutilmagan haridor paydo bo'ldi
31 mar 2020 21:50
Yangiliklar
Hozirda “Bavariya”da ijara asosida harakat qilayotgan “Barselona” azosi Filippe Koutinoga “Lester” qiziqish bildirmoqda.
“Tulkilar” murabbiyi Brenden Rojers braziliyalik bilan “qizillar”dagi faoliyati davomida birga ishlagan edi. “Lester” futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga ishonmoqda. Agar bitim amalga oshadigan bo'lsa, Koutinoning yillik ijarasi APL klubiga 30 mln evroga tushadi.
SHuningdek, 27 yoshli o'yinchi bilan bog'liq vaziyatni “Tottenxem”, MYU, “CHelsi” kabi jamoalar ham kuzatmoqda.
Fikrlar