Koutino “Liverpul” bilan Dubayga bormadi
06 jan 2018 23:40
Yangiliklar
Koutino “Liverpul” bilan Dubayga bormadi
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino “Barselona”ga o'tishga yaqin.
25 yoshli braziliyalik futbolchi ingliz klubi bilan Dubayda o'tadigan qisqa muddatli yig'inga bormadi.
As nashrining xabariga ko'ra, Koutino “Liverpul”dagi jamoadoshlari bilan xayrlashgan va bugun Ispaniyaga yo'l olishi mumkin. Dushanba kuni u “Barselona” mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda.
Ilgariroq futbolchining transferi “Barselona”ga 120-160 million evroga tushishi haqida xabarlar chiqqandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar