So’nggi yangiliklar

02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  0 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  8 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  1 00:55Расман: Гави жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  2 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  2 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  1 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  2 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  11 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  45 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  2 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  7 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  7

Korrupciyaga qarshi davra suhbatlari orqali kurashamiz! Yangiliklar

Korrupciyaga qarshi davra suhbatlari orqali kurashamiz!

Biroz avval O'zbekiston Futbol Associaciyasining telegram kanalida xabar chiqdi:

"Xabaringiz bor, O'FAning masul xodimlari tomonidan 2021 yilgi futbol mavsumi starti oldidan O'zbekiston Superliga hamda Pro-ligada ishtirok etuvchi har bir futbol klubi azolari uchun kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash mavzusida davra suhbatlari tashkil etilib, bu borada tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O'FA ishchi guruhi bugun Andijon viloyatidagi faoliyatini davom ettirib, "Andijon", "Andijanka" vakillari hamda futbol hakamlari va nazoratchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida 2020 yilda kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi taqdim etilib, 2021 yilda bu borada yanada jiddiy ish olib borilishi malum qilindi.

O'FA ishchi guruhi Andijon shahrida joylashgan "Bobur arena" o'yingohining hozirgi holati bilan ham tanishib chiqdi.

SHuningdek, ishchi guruh Andijon shahar Bo'ston dahasida joylashgan viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabi hududida qurilayotgan 60 o'rinli o'quv-yig'in bazasi bilan yaqindan tanishdi. Andijon futbol associaciyasi faoliyati o'rganildi va ushbu tashkilotda mehnat qilayotgan xodimlar bilan suhbat uyushtirildi".

Rosti, bu xabarni o'qidim. Lekin, kulishni ham, yig'lashni ham bilmay arosatdaman. Mayli, oldingi gaplarni unutamiz. Hozir etiborimni tortgan jihatlar haqida sizga ham malumot beraman.

1. Emishki, O'FAning masul xodimlari tomonidan 2021 yilgi futbol mavsumi starti oldidan O'zbekiston Superliga hamda Pro-ligasida ishtirok etuvchi har bir futbol klubi azolari uchun kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash mavzusida davra suhbatlari tashkil qilib, bu borada tushuntirish ishlari olib borayotgan ekan. Bu nima, kimdir tushuntirib beroladimi? Nahot, shunday tabarruk tashkilotdagilar futboldagi korrupciyani shu yo'l bilan tugata olishlariga ishonishadi?

Agar haqiqatan ham ular shu usul foyda qilishiga ishonadigan darajada soddadil bo'lishsa, chin ko'ngildan bitta maslahat beraman: korrupciyaga qarshi davra suhbatlari bilan emas, aybdorlarni jazolash bilan kurashiladi! (adashmasam, kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan klublar hali jazolanmadi)

2. O'FA ishchi guruhi bugun Andijon viloyatidagi faoliyatini davom ettirib, "Andijon", "Andijanka" vakillari hamda futbol hakamlari va nazoratchilari bilan davra suhbati tashkil etibdi. Taklif: shu mavzuda jurnalistlar bilan ham davra suhbati uyushtirib, etarlicha malumot berilsin, savollarimizga javob topaylik. O'zimizga savol berishdan charchadik-da. Iltimos! 

3. Yana, suhbat davomida 2020 yilda kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi taqdim etilib, 2021 yilda bu borada yanada jiddiy ish olib borilishi malum qilinibdi. Barakatopkurlar, OAV uchun ham ochilaylik. Sarhisob-u rejalardan avvalo xalq xabar topishi kerak. Yanglishmasam, xalq to'lagan soliqlar hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotda ishlayapsizlar?

Albatta, O'FA masullari futbolni tozalash uchun olib borayotgan ishlarini inkor qila olmaymiz. Lekin, tashkilotning ichkariga yopilib olgani, OAVga javob qaytarmayotgani amalga oshirayotgan hamma ishini yo'qdek ko'rsatyapti. Tushuninglar axir, 21-asrning 21-yilida yashayapmiz...

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика